Toşkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hududida qurilişi rejalaştirilgan binolarning eskiz-rejasi

Poytaxtning Yunusobod tumani Şayx Şibliy mahallasi aholisining tarmoqlarda tarqalgan videomurojaatida 70 yil davomida yuqumli kasalliklarga qarşi vaksina va zardoblar işlab çiqarilgan ilmiy-tadqiqot instituti örnida köp qavatli turar joy majmuasi qurilişi boşlangani, bu hududda emdorilar sinab körilgan hayvonlarning jasadi kömilgani, ayrim infeksiya qözğatuvçi sporalar ölmasligi va 100 yilgaça saqlanib qolişi, şu sababdan ham hududni kovlaş mumkin emasligi aytilgandi.

Toşkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti Foto: uzpharmagency.uz

Ta’kidlaş kerakki, mazkur masala jamoatçilik örtasida rezonansga sabab böldi. Şundan söng mutaxassis-ekspertlardan iborat işçi guruh tuzilib, ular tomonidan Toşkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining hududi örganilgan. Örganiş davomida Toşkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hududidan öta xavfli yuqumli infeksiyalar qözğatuvçilarining mavjudligi yoki yöqligini aniqlaş maqsadida laboratoriya tekşiruvi ötkaziş uçun namunalar olinib, tekşiruv natijalari e’lon qilingandi.

Biroq bu tekşiruvlarda aholi bevosita iştirok etmagani töğrisida e’tirozlar bölganidan söng 30 may sanasida aholi va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida “Bekkeri örasi” deb taxmin qilingan 6 ta nuqtadan 15 ta namunalar olingandi.

“Olingan namunalar Sanepidqömitaning öta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi va uning Toşkent şahar boşqarmasi laboratoriyalarida hamda bir vaqtning özida Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi laboratoriyalarida tahlil qilindi.