Ijtimoiy tarmoqlarda metapnevmovirus infeksiyasi va uşbu infeksiyaning COVID-19dan ham xavfli ekanligi yuzasidan xabarlar tarqalmoqda. 

Sanepidqömita uşbu kasallik töğrisida ma’lumot taqdim etdi.

Metapnevmovirus birinçi marta 2001 yilda aniqlangan bölib, asosan havo-tomçi yöli bilan, kamdan-kam holatlarda esa ifloslangan yuzalar bilan aloqa qiliş orqali yuqadi. Virusni asosan kuz-qiş mavsumida faol aylanişi kuzatiladi.

Metapnevmovirus infeksiyasi, odatda burun oqişi, yötal va isitma kabi belgilari bilan ötkir respiratorli infeksiyalar şaklida namoyon böladi, ba’zi hollarda bronxiolit va pnevmoniyani keltirib çiqaradi.

Metapnevmovirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati asoratlarsiz tuzalib ketadi.

Uşbu virus bilan kasallaniş holatlari har yili dunyoning barça mamlakatlarida qayd etiladi.

Butun dunyoda bölgani kabi, qöşni Qozoğiston Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarda, ayni paytda ötkir respirator virusli infeksiyalar va gripp bilan kasallanişning mavsumiy ösişi kuzatilayotgani, şu bilan birga metapnevmovirusning ham qayd etilgani e’lon qilingan.

Ayni vaqtda Özbekistonda ham ötkir respirator infeksiyalarga çaliniş holatlarining mavsumiy kötarilişi kuzatilmoqda.

Uşbu respirator infeksiyalarning sönggi laborator tahlillari natijasiga köra: 36,9 foizda gripp virusi, 30,2 foizda rinovirus, 28,6 foizda respirator-sinsitial virus, 1,2 foizda metapnevmovirus va 3,1 foizda boşqa viruslar aniqlangan.

Şu örinda fuqarolar uşbu infeksiyalarni yuqtirib olmasliklari uçun:

✔️profilaktika va gigiyena qoidalariga rioya qiliş;
✔️odamlar gavjum joylarga, ayniqsa yoş bolalarni olib yurişni çeklaş;
✔️kasallik belgilari paydo bölgan oila a’zolarini alohida saqlab, şifokor körsatmasiga asosan davolaniş tavsiya qilindi.