
Kuçmaning qölda yozgan xati
Toni Blerning Yevropa masalalari böyiça maslahatçisi Rojyer Liddlning xati oçiq manbalarda tarqaldi. Maslahatçi Britaniya boş vaziriga yozgan xatida Kiyev yaqinroq muloqotda bölişni istayotganini aytgan. Ukrainaning ikkinçi prezidenti Leonid Kuçma esa Blerdan Ukrainaning Yevropa va Yevroatlantika bilan integratsiyasi, xususan, Yevropa Ittifoqiga kirişi böyiça yordam söragan.
Kuçma qölda yozilgan rasmiy xatida Ukrainani döst deb biladigan Bler bu borada şaxsan yordam berişidan umidvor ekanini bildirgan. Blerning yordamçisi esa öz xatida ukrainaliklar Yevropaning katta qismi va AQŞ yangi prezidenti administratsiyasi ularni közlayotgan maqsadidan çekinişga undayotgani sabab tuşkun kayfiyatda ekanini bayon qilgan. Uning sözlariga köra, britaniyaliklar va Ğarbdagi boşqa davlat yetakçilari Putinga «puşti közoynak orqali qaragan». Liddl ukrainaliklar Putinni aqlli siyosatçi deb bilişi, ammo demokratik qahramon deb hisoblamasligini aytgan.
NATOning samimiy ittifoqçisi
Sizdirilgan hujjatlardan Toni Bler Putinning terrorizmga qarşi kuraşda NATO bilan hamkorligini yuqori baholaşi ma’lum böladi.

Xususan, Toni Bler 2001 yil 15 noyabr kuni, AQŞ Afğonistonga bostirib kirganidan ikki oy ötib öşa vaqtdagi NATO boş kotibi lord Robersonga yozgan xatida şunday deydi: «Putin bilan muloqotlarimdan şunday xulosaga keldimki, u çindan NATO bilan hamkorlikni rivojlantirmoqçi. 11 sentabr voqealaridan keyin men, siz va NATO davlatlari yetakçilarining Putin bilan qilgan muloqotlari, ötkazgan uçraşuvlari endi biz çinakamiga yevroatlantik xavfsizlik haqida gapiriş imkoniga egaligimizdan nişona».
Özaro muloqot uçun foydalanilgan yozişmalardan ma’lum böladiki, öşa vaqtdagi AQŞ mudofaa vaziri Donald Ramsfeld Vaşington Ukrainaning NATOga intilişini olqişlaşini aytgan, Britaniya esa Ukraina alyansga kiriş talablariga javob bermaydi deb hisoblagan. Ammo Birlaşgan Qirollik Ukrainani ehtimoliy nomzodlar qatoridan butkul öçiriş kerak degan xulosaga kelmagan.




















