18:52 / 27.07.2023
5000

Fuqarolik sudlari 1,3 trln co‘m majburiy to‘lovlarni undirish haqida buyruq chiqardi 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning yarim yillik faoliyati bo‘yicha axborot berildi. 

2023 yil birinchi yarmida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 1,3 trln co‘mdan ziyod majburiy to‘lovlarni undirish haqida 224 mingdan ortiq sud buyrug‘i chiqarildi. Ular voyaga yetmagan bolalar uchun aliment, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan talablar, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik to‘lovlari va boshqalarni tashkil qiladi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi. 

Shuningdek, 235 171 ta fuqarolik ishlari ko‘rib chiqilib, ularning 176 108 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirilgan bo‘lsa, 25 716 tasi bo‘yicha talablarni qanoatlantirishdan rad qilingan, 29 608 tasi bo‘yicha da’volar ko‘rmasdan qoldirilgan bo‘lsa, 3 739 tasi bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan. 

Ko‘rib tamomlangan fuqarolik ishlardan 81 694 tasi bitimlar bilan bog‘liq, 31 784 tasi nikohdan ajratish, 8 664 tasi uy-joy munosabatlari bilan bog‘liq, 2 929 tasi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzish, 1 703 tasi otalikni belgilashga oid va boshqa toifadagi ishlarni tashkil qiladi. 

Nikohdan ajratishga oid ko‘rib tamomlangan ishlarning 17 478 tasi bo‘yicha da’vo talabi qanoatlantirilgan (nikohlar bekor qilingan), 10 361 tasi bo‘yicha da’vo talabini qanoatlantirish rad etilgan (nikohlar bekor qilinmagan), 2 552 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 1 393 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan. 

Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atlari tomonidan apellyatsiya tartibida 7 310 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 1 182 ta qaror bekor qilinib, 479 ta sud qarori o‘zgartirildi. 

Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan kassatsiya tartibida 1 774 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 228 ta qaror bekor qilinib, 75 ta sud qarori o‘zgartirilgan. 

Shuningdek, kassatsiya instansiyasida 30 ta fuqarolik ishi takroran ko‘rib chiqildi. 15 ta sud qarori bekor qilinib, 2 ta qaror o‘zgartirildi. 

Top