Jahon | 13:16 / 27.07.2023
8245
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya hukumati safarbarlik bo‘yicha chaqiruv qog‘ozi shaklini tasdiqladi

Rossiya hukumati safarbarlik chaqiruv qog‘ozi shaklini tasdiqladi, deb xabar berdi Faridaily Telegram-kanali. 

Foto: Kirill Zykov / AGN Moskva

Kanal safarbarlik deyarli bir yildan beri davom etayotgan bo‘lsa-da, bunday hujjat rasman mavjud bo‘lmaganiga e’tibor qaratdi. Xususan, o‘tgan yilning kuzida harbiy xizmatga chaqiruv varaqasining namunaviy shakli qo‘llanilgan.

Safarbarlikka jalb qilinganlar uchun mo‘ljallangan chaqiruv qog‘ozida prezident Vladimir Putinning «safarbarlik e’lon qilish to‘g‘risida»gi farmoniga havola (hujjat raqami va «qisman» yozuvi ko‘rsatilmagan), shuningdek, harbiy komissarlikka o‘zi bilan hujjatlardan tashqari, hojatxona buyumlari va bir kunlik oziq-ovqat mahsulotlarini olish kerakligi bildirilgan.

Bundan tashqari, chaqiriluvchilar harbiy komissarlikka uzrli sababsiz kelmaslik ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirilgan - ammo qonunga ko‘ra, harbiy komissarlikka kelmaganlik uchun faqat ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid