O‘zbekiston Istanbuldagi Xalqaro mudofaa va xavfsizlik sanoati ko‘rgazmasida ishtirok etdi
Shu kunlarda Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan IDEF-2023 16-Xalqaro mudofaa va xavfsizlik sanoati ko‘rgazmasida O‘zbekiston Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya va Bosh konsullik vakillari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an video-aloqa vositasida ishtirok etdi. U IDEF-2023 16-Xalqaro ko‘rgazmasini ochar ekan, joriy yilning 6 oyida mudofaa sanoatidagi eksport rekord darajada (2,6 milliard AQSh dollari) oshgani, yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkichni 6 milliard dollarga yetkazish maqsad qilinganini aytdi.
Turkiya mudofaa sanoati rahbari Haluk Go‘rg‘unning so‘zlariga ko‘ra, respublika hozirgi paytda dunyoning 170 davlatiga 230 xil mudofaa mahsulotini eksport qilmoqda. Anqara takliflari xilma-xilligi va ko‘lami so‘nggi yillarda sezilarli darajada kengayganini ta’kidlar ekan, u Turkiyani kelgusi 10 yil ichida mudofaa texnologiyalarini eksport qiluvchi dunyodagi eng ilg‘or 10 davlatdan biriga aylantirish niyati borligini bildirdi.
O‘zbekiston vakillari ko‘rgazmada ishtirok etgan davlat va xususiy tashkilot mutasaddilari bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari bo‘yicha qator muzokaralarni o‘tkazdi. Uchrashuvlarda idoralararo hamkorlikni mustahkamlash, turli yo‘nalishdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari ko‘rgazmada namoyish etilgan texnikalarni ko‘zdan kechirish bilan birga o‘zaro hamkorlikka qiziqish bildirgan kompaniya, vazirlik va idoralarning vakillari bilan turli uchrashuvlar o‘tkazdi.
Mavzuga oid
20:03 / 18.11.2024
Yevropaning eng gavjum aeroporti nomi e’lon qilindi
20:33 / 31.10.2024
Turkiya Respublikasining 101 yilligini nishonlayotgan Istanbul – fotoreportaj
21:06 / 24.10.2024
Teraktdan so‘ng Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi
18:42 / 10.09.2024