Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda xorij fuqarolarini onlayn ro‘yxatga olish tizimi ishga tushirildi
Xorijlik fuqarolarni mehmonxonalar, yotoqxonalar va talabalar yotoqxonalarida onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi.
Foto: vb.kg
Qirg‘izistonga borgan xorijliklar aholini ro‘yxatga olish bo‘limi saytida onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda raqamli rivojlanish vaziri o‘rinbosari Jazgul Kiyizbayeva ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tashqi migratsiyani ro‘yxatga olishning yagona tizimi beshdan ortiq vazirlik va ma’muriy idoralar bilan integratsiyalashgan.
«Qabul qiluvchi tomon chet el fuqarosini ro‘yxatga olish uchun ariza berishga majbur. Bu Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi yoki mamlakatimizda turar-joy yoki noturarjoy binolariga ega bo‘lgan chet el fuqarosi bo‘lishi mumkin. Endi xorijlik fuqarolarni mehmonxonalar, yotoqxonalar va talabalar yotoqxonalarida ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi. Ariza topshirish uchun Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi Aholi ro‘yxatga olish departamenti veb-sayti orqali tizimga kirishi kerak. Avtorizatsiya jarayoni oson. Faqat shaxsiy identifikatsiya raqami, elektron pochta manzilini kiritish va aloqa ma’lumotlarini ko‘rsatish kifoya», dedi Jazgul Kiyizbayeva.
Uning ta’kidlashicha, ariza tasdiqlanganidan keyin 24 soat ichida 120 qirg‘iz so‘mi (qariyb 16 ming so‘m) miqdorida davlat boji to‘lov kodi shakllantiriladi.
«Loyihadan ko‘zlangan maqsad ro‘yxatga olish jarayonida korrupsiya xavfining barcha turlarini nolga tushirish, tashqi migratsiya hisobini takomillashtirish va raqamli xizmat ko‘rsatish formatiga o‘tishni tezlashtirishdan iborat», deb xulosa qildi Jazgul Kiyizbayeva.
Loyiha Qirg‘iziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va Qirg‘izistonda Turizmni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Mavzuga oid
20:35 / 09.04.2026
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish uchun asoslar soni ikki barobar oshiriladi
10:03 / 09.04.2026
Umid Shodiyev O‘zbekistonning BAAdagi elchisi bo‘ldi
22:44 / 06.04.2026
AQShdan deportatsiya qilingan migrantlarni Kongo DR qabul qiladi
20:03 / 05.04.2026