O‘zbekiston | 07:31 / 29.07.2023
5513
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Malayziyaning yangi elchisi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlarining nusxalarini topshirdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov yangi tayinlangan Malayziya elchisi Ilxam Tua bin Illiasdan ishonch yorliqlarining nusxalarini qabul qilib oldi.

«Malayziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ilxam Tua bin Illias janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz», deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. 

Vazir O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi jamoasi bilan birgalikda elchini O‘zbekiston - Malayziya aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan diplomatik missiyasini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Avvalroq Malayziya elchisi Hendi Assan O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayotgani xabar berilgandi.

Hendi Assan 2018 yilning avgust oyida o‘sha paytdagi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga ishonch yorliqlari nusxalarini taqdim etgandi.

 

Mavzuga oid