Sobiq ittifoq tarixida Yuriy Andropov muhim örin tutadi. U 1967 yildan 1982 yilgaça KGB (davlat xavfsizlik qömitasi)ni boşqaradi. Söng Suslovning ölimidan söng KPSS markaziy qömitasi kotibi lavozimini egallaydi.

1982 yil 10 noyabr kuni SSSR rahbari Leonid Brejnev vafot etadi. Oradan ikki kun ötib, hali Brejnev qabrga qöyilmasdan KPSS markaziy qömitasining navbatdan taşqari plenumi ötkaziladi va Andropov SSSRning yangi rahbari böladi.

U SSSR rahbari sifatida bor-yöği 15 oy işlaydi va 1984 yil 9 fevral kuni vafot etadi. Öşanda u 69 yoşda edi.

Özi şundoq ham ötmişi unça «toza bölmagan» Andropov KGB rahbari bölib işlaganda juda köplab insonlarga fitnalar uyuştiradi. SSSR harbiylari qatnaşgan qurolli mojarolar hamda uruşlarning taşkilotçisi böladi.

Jumladan, millionlab insonlarning yostiğini quritgan, mayib-majruh bölişiga sabab bölgan Afğon uruşi ham aynan uning taşabbusi bilan boşlangan edi.

40 yildan oşiqroq vaqt davomida Afğoniston aholisining boşiga tuşgan va tuşayotgan oğir sinovlarning deboçasini tom ma’noda Andropov boşlab bergan deb bemalol aytiş mumkin.

Bundan taşqari, ötgan asrning 80-yillari boşlarida «Paxta işi»ni öylab topib, Moskvadan Özbekistonga «desant» jönatgan va özbek xalqining boşiga oğir kunlarni solgan inson ham aynan Andropov edi.

Yuriy Andropov KGB rahbari / Foto: fb.ru

Yuriy Andropov KGB rahbari bölgunça

Ayrimlar tomonidan «Ikkinçi Beriya» deb ta’riflanadigan Yuriy Andropov özining qonxörliklarini nemislar bosqinidan avval Kareliyada boşlagandi.

1940 yil 3 iyunda Andropov Sovet-fin uruşida Finlandiyadan tortib olingan yerlarda taşkil etilgan Karelo-Fin SSR komsomol taşkilotining birinçi kotibi etib tayinlanadi.

Öşanda 26 yoşli Andropov yangi taşkil etilgan respublikada tozalaş işlarini olib boradi va köplab insonlarni qatağon qiliş işlarida qatnaşadi.

Nemislar SSSRga hujum qilgandan söng u Kareliyadagi partizanlik harakatlariga boşçilik qiladi. Uruş tugagandan söng Moskvadagilar «qattiqqöl xodim»ni Kareliyada qoldirişadi va Andropov 1950-yillar boşigaça öşa yerda turli yuqori vazifalarda işlaydi.