2024 yil 29 dekabr kuni AQŞning sobiq prezidenti, mamlakatni 1977 yil 20 yanvardan 1981 yil 20 yanvargaça boşqargan Jimmi Karter 100 yoşida vafot etdi.

Jimmi Karter Demokratik partiya vakili edi va u AQŞ prezidenti etib saylanganida 53 yoşda bölgan. 1976 yilda ötkaziladigan saylovda Jimmi prezidentlik uçun nomzodini qöygan vaqtda uni Jorjiya ştatidan boşqa joyda heç kim tanimasdi.

Şunga qaramasdan u avvaliga partiya içidagi raqobatda yutib çiqadi va Demokratik partiya tomonidan asosiy nomzod sifatida maydonga çiqadi.

Söng 1976 yil 2 noyabr kuni ötkazilgan prezidentlik saylovida özidan ança maşhur bölgan amaldagi prezident Respublikaçilar vakili Jyerald Fordni yengib, AQŞning 39-prezidentiga aylanadi.

Omadli şaxs

Jimmi Karter 1924 yilda tuğilgan. Uning otasi fermer, onasi esa hamşira bölgan. Karter öquvçilik yillarida maktabda basketbol bilan jiddiy şuğullangan. Biroq u harbiy bölişni orzu qilardi.

1942 yilda u Jorjiya texnologiya universitetiga öqişga kiradi. Öqiş davrida zaxiradagi zobitlar kursini ham ötaydi. 1943 yilda Jimmi harbiy-dengiz akademiyasiga yöllanma oladi va öqişni öşa yoqda davom ettiradi.

1946 yilda Jimmi singlisining dugonasiga uylanadi. Öşa yili akademiyani bitirib, AQŞ harbiy-havo kuçlari safida xizmat qila boşlaydi.

1953 yilda u harbiy xizmatdan böşab, bir muddat otasining xöjaligida fermerlik qiladi. 1954 yilda AQŞda irqçilikka qarşi kuraşuvçilar safiga ötadi va siyosat bilan ham şuğullana boşlaydi.

1963 yilda 39 yoşli Karter Jorjiya ştati senatori bölib saylanadi. 1966 yilda u Jorjiya ştati gubernatorligi uçun nomzodini qöyadi, biroq yutqazadi.

1970 yilda u Demokratik partiya vakili sifatida ştat gubernatorligi uçun yana nomzodini qöyadi va bu safar ğalaba qozonadi.

U 1971 yil 12 yanvar kunidan Jorjiya ştatini boşqarar ekan, bir qator muhim islohotlar ötkazadi. Jumladan, gubernatorning bir qator vakolatlarini kengaytiradi. 1972 yilda ştatda ölim jazosini qayta tiklaydi. Keyinçalik u bu işidan afsuslangan.

Jorjiya ştati qonunlariga köra bir şaxs ikki muddat gubernatorlik qilişi mumkin emasdi. Şu sababli Karter 1974 yilda ötkazilgan saylovda öz nomzodini qöymaydi. Biroq öşa yili 1976 yilda ötkaziladigan prezidentlik saylovida nomzodini ilgari surişini e’lon qiladi.