Şarof Raşidovning öğli Ilhom Raşidov vafot etdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
“Adliya vazirligi jamoasi Notariat, advokatura va mediatsiya boşqarmasi, notariat bölimi boş maslahatçisi Nodira Ilhomovna Raşidovaning otasi Ilhom Şarofoviç Raşidovning vafoti munosabati bilan çuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.
U 5 sentabr kuni 74 yoşida hayotdan köz yumdi.
Ilhom Raşidov SSSR Davlat xavfsizlik komiteti oliy maktabini bitirib, şu sohada xizmat qilgan.
U Özbekistonni 24 yil boşqargan rahbar Şarof Raşidovning uç qizdan söng törtinçi farzandi bölgan.
Şarof Raşidovning kenja qizi Svetlana Raşidova 2021 yil dekabrida 70 yoşida AQŞda vafot etgandi.












