“Şarof Raşidov – siyosatçi va diplomat” deb nomlangan fotokörgazmada sobiq ittifoq davrida Özbekistonga qariyb çorak asr rahbarlik qilgan Şarof Raşidovning taşqi siyosiy faoliyati aks etgan. Jumladan, bu yerda davlat arbobining 1950–1983-yillardagi rasmiy va xorij safarlarida olingan noyob hamda kam uçraydigan fotosuratlari namoyiş etilgan.

Foto: Toşkent şahar hokimligi

Toşkent şahar hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilişiça, fotokörgazmaning oçiliş marosimida senatorlar, taniqli olimlar, madaniyat, san’at namoyondalari, ziyolilar va keng jamoatçilik vakillari, şuningdek, Şarof Raşidov bilan hamnafas bölgan, hozir pensiyada bölgan tarixçi olimlar, siyosatşunoslar, faxriy jurnalistlar iştirok etişgan.

Foto: Toşkent şahar hokimligi
Foto: Toşkent şahar hokimligi
Foto: Toşkent şahar hokimligi
Foto: Toşkent şahar hokimligi
Foto: Toşkent şahar hokimligi
Foto: Toşkent şahar hokimligi
Foto: Toşkent şahar hokimligi
Foto: UzReport

Suratlarning birida Şaraf Raşidovni Kubaning afsonaviy yetakçisi Fidel Kastro bilan köriş mumkin. Fotosurat Kastroning 1963 yil may oyida sobiq ittifoqqa taşrifi çoğida olingan.