Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minotida qisman uzilishlar kuzatilmoqda
Hozirgi vaqtda «Hududiy elektr tarmoqlari» Toshkent shahar filialining avariyaga qarshi tezkor brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar Mirobod va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yerosti kabel tarmog‘ida yuklamaning ortib ketishi natijasida nosozlik yuzaga kelgan.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning natijasida Mirobod va Yashnobod tumanlarida ayrim hududlaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotida qisman uzilishlar kuzatilmoqda.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining avariyaga qarshi tezkor brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu nosozlik muayyan vaqt ichida bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanishi aytilgan.
Mavzuga oid
17:12 / 05.06.2026
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
08:41 / 05.06.2026
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
16:14 / 04.06.2026