Advokat Razzoq Altiyev, Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov va psixolog Boboyor Törayev Kun.uz’ga bergan intervyusida Özbekistonda belgilangan iş vaqti me’yorlariga amal qilinmasligi va buning oğir oqibatlari haqida gapirdi.

 

https://www.youtube-nocookie.com/embed/L5-plyZJ2fQ?start=772

— Özbekistondagi davlat idoralarida kadrlarning soğligi, huquqlari nega qadrlanmaydi? Şuningdek, iş jarayoniga zamonaviy işlaş qoidalarini, kreativlikni kiritiş bizda nega bu qadar qiyin keçmoqda?

Razzoq Altiyev:

— Birinçidan, özbek mehnat bozorida raqobat muhiti mavjud emas. Nufuzli kasb deb qabul qilinadigan kasblar davlat xizmatlari bilan boğliq. Xususiy sektor ham rivojlanyapti, töğri. Ammo baribir alternativlar yöq bizda. Iş beruvçini tanlaş imkoni qolmagandan keyin har qanday yaxşi kadr ham qadrsizlanadi. Haqiqiy mehnat bozori yaratilsa, xodimda tanlov böladi. Xususiy sektor rivojlanib, alternativlar köpaymasa, muammo qolaveradi.

Ikkinçidan, xodimlarga qonuniy kafolat yetarli emas. Hamma taşkilotda kasaba uyuşmalari işlaydi. Lekin ular ham boşqalar singari 8 soatdan köp işlaydi. Federatsiya biror marta biror taşkilot işçilarining haq-huquqlarini himoya qilib çiqqanini körmadik yo eşitmadik. Vaholanki, bu taşkilot har oy Özbekistondagi barça davlat idoralari işçilari oyligining 1 foizini olib turadi. Respublika miqyosida olinsa, bu juda katta summaga aylanadi. Endi tasavvur qiling, bizda aksariyat xodimlar pensiyaga çiqqunça ham kasaba uyuşmasiga biror marta murojaat qilmaydi.

Mehnat qonunçiligini buzganlik uçun ham ma’muriy, ham jinoiy javobgarlik bor. Lekin jinoiy javobgarlik bilan boğliq holatlar umumiy statistikaning 1 foizini ham taşkil etmaydi. Vaholanki, bizda hamma joyda bor bunday rahbarlar. Demak, bizda hali yetarli tajriba ham yöq.

Abdurahmon Taşanov:

— Aynan bir sabablarni keltiriş qiyin. Lekin aytilganidek, soğlom mehnat bozori yöq birinçi navbatda. Biror xodim huquqini talab qilib qolsa, uning örniga köz tikkan, pulini, porasini beraman deb turgan önlab odamlar bor.

Bizda eng yirik iş beruvçilar şuningdek, monopollar hisoblanadi. Ularga esa farqi yöq. Ijro etuvçi organlarda ham bir özgaça holat. Masalan, «Içki işlar xodimlari töğrisida»gi qonun 2000 yilda qabul qilindi. Juda çalajon qonun. Tizim xodimlarini himoya qilolmaydi.

Inson huquqlari «Ezgulik» taşkilotiga içki işlar tizimida işdan böşagan odamlar notöğri böşatilganini aytib murojaat qilişadi. Sudga boramiz, ular aytadiki, bularning öz nizomi bor, Mehnat kodeksi ta’sir qilmaydi ularga. Yaqinda bir polkovnikni işga tiklaşda yordam berdik, tizimdagilar ham hayron qolişdi.

Tiyib turiş mexanizmi sifatida kasaba uyuşmalari işlaşi kerak. 2021 yilda Sirdaryoda ba’zi faollar «Xalq birligi» degan kasaba uyuşmasi tuzmoqçi bölişdi. Lekin bu harakat ham bosimlar ostida yöq qilindi. Kasaba uyuşmalari mehnat huquqini talab qiladi, siyosiy huquqlarni emas, nimasidan qörqişarkan endi? Hali kasaba uyuşmalari tuza olmayotgan bir şaroitimizda mehnat şaroiti haqida gapiramiz. Hali ungaça ança bor.

Masalaning 90 foizi ma’muriy sabablar bilan boğliq. Mehnat huquqlari bilan şuğullanuvçi advokatlar ham sanoqli, çunki ulargaça yetib bormaydi ham işlar.

— Iş vaqtiga amal qilinmasligi xodimning salomatligi, işçanligiga psixologik tomondan qanday ta’sir qiladi?

Boboyor Törayev:

— Insonlarning öz imkoniyat darajalari bor. Bu imkoniyatlar ma’lum bir vaqtgaça jismoniy, aqliy, psixologik tomondan me’yorda böladi. Xodimni majburlab keçgaça olib ötirgan bilan uning iş darajasi ösib qolmaydi. Imkoniyatlardan ortiq işlatiş kadrlarning nafaqat yuridik tomondan haq-huquqlarini, balki jismoniy, psixologik haq-huquqlarini ham buzadi. Özi xodim 9 dan 18 gaça işlab ham yetarli darajada çarçab qolişi mumkin.

Boşqa davlatlarda iş vaqti belgilanişida insonning ruhiy-psixologik çarçaşi, bosimlar ham hisobga olinadi. Agar xodimlarni köp işlatiş natija olib kelganda edi, allaqaçon bölardi öşa natija. Insonning ruhiy salomatligini asraş ham birlamçi öringa çiqişi kerak. Yevropada ruhiy salomatlikni himoya qiliş koalitsiyasi ham taşkil etilgan. Umuman olganda, inson qadri degan tuşunça bor.

Xodimlar psixologik gigiyenaga amal qilib işlasa, natija ham böladi. Natija uçun yaxşi iş şaroiti kerak oldin. Qançalik majburlanmasin, foydasi yöq va bu inson qadri toptalişi hisoblanadi.

«Qullik psixologiyasi» haqida gap ketdi. Öz huquqlarini buzib bölsa ham, rahbarlarga qarab işlaş Osiyo xalqlarida bor köproq. Öz işini yöqotişdan qörqadigan, öz fikriga ega bölmagan odamlar şunday işlaşga majbur bölyapti. Birlaşiş ham yöq, bir xodim bilan iş bitmaydi.

Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.