Korrupsiyaning oldini oliş böyiça işlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişda yana bir masala – davlat xizmatçilari daromadini deklaratsiyalaşga oid qonunni qabul qiliş vaqti-soati kelgani ta’kidlandi. Bu borada jamoatçilik fikri juda muhimligi qayd etildi.
Mutasaddilarga tez fursatda uşbu qonun loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöyib, 1 aprelgaça kiritiş topşirildi.
Noqonuniy boylik orttiriş uçun javobgarlik masalasini ham öylab köriş zarurligi ta’kidlandi.
Qonunçilikka noqonuniy boylik orttiriş haqida modda kiritiş taklif qilindi. Ya’ni, davlat xizmatçisi deklaratsiya qilgan daromadiga mos kelmaydigan mol-mulkini qayerdan olganini isbotlaşi kerak böladi.
Prezident Milliy kengaşni, parlamentning korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitalarini bu borada xalqaro andozalarga mos takliflarni işlab çiqişga çaqirdi.
«Korrupsiyaning oldini oliş – davlat xizmatiga professional va fidoyi kadrlarni tanlaş hamda ularni «halollik vaksinasi» bilan emlaşdan boşlanadi», – dedi prezident.
Kadrlarni öqitiş, tarbiyalaş va joy-joyiga qöyişda Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi va Davlat boşqaruvi akademiyasining yetakçi sifatidagi roli sezilmayotgani qayd etildi.
Kadrlarni baholaşda eski namunadagi «obektivka»dan voz keçib, ilğor IT texnologiyalar asosida xodimning malakasi va salohiyati, erişgan natijalarini baholaydigan tizimga ötilişi belgilandi.
Lavozimga qöyişda xodimning qaysi oliygohni bitirgani yoki qayerda işlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va körsatgan natijalari asosiy mezon böladi. Bu borada nomzodning kamçiliklari bilan birga yaxşi taraflarini ham xolisona aytiş kerak.
Bundan buyon mahallada odamlar bilan işlagan, ularning muammosini öz közi bilan körib, hal qilgan yoşlar orasidan rahbar kadrlar tanlab olinişi kerakligi ta’kidlandi.
Işga qabul qilişni oçiq va şaffof ötkaziş, davlat xizmatçilari reyestrini belgilaş, kadrlarni korrupsiyaga moyilligini örganiş böyiça farmon loyihasini kiritiş topşirildi.
Hozirda qonunçilikda korrupsiyaviy jinoyatlarning aniq röyxati yöqligiga e’tibor qaratildi.

















