08:57 / 01.08.2023
4522

Ukraina Xorvatiya bilan uning portlaridan foydalanish bo‘yicha kelishib oldi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitri Kuleba Xorvatiya tashqi ishlar vaziri Gordan Grlich-Radman bilan Ukraina oziq-ovqat mahsulotlari eksporti masalasini muhokama qildi. 

Foto: qna

Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina g‘allasini tashish uchun Dunay va Adriatik dengizidagi Xorvatiya portlaridan foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Germaniyaning Handelsblatt nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Dunay orqali har oy 2,2 million tonna Ukraina g‘allasi jo‘natilgan. Hozir uning hajmi 3 million tonnadan oshdi. 

Avvalroq Litva Rossiya «g‘alla bitimi»ni uzaytirishdan bosh tortgach, Yevropa Ittifoqiga Ukraina g‘allasini eksport qilish uchun Boltiq dengizidagi portlaridan foydalanishni taklif qilgandi. 

Litva vazirlarining Yevrokomissiyaga yo‘llagan maktubida aytilishicha, Boltiqbo‘yi portlari orqali yiliga 25 million tonna g‘alla tashilishi mumkin, bu esa ularni «Ukraina tovarlari, jumladan, g‘alla tranziti uchun ishonchli alternativ variantga» aylantiradi. 

Bundan tashqari, Litva vazirlari Yevropa komissiyasini Ukraina va Polsha chegarasi orqali quruqlik orqali g‘alla tashishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga chaqirdi.

Top