Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament Qorabog‘dagi inqiroz kuchayib borayotganidan xavotirda
Tog‘li Qorabog‘dagi humanitar vaziyatning keskin yomonlashishi xalqaro hamjamiyatning shoshilinch e’tiborini talab qiladi, deya ma’lum qildi Yevroparlament. Boku Lochin yo‘lagi blokadasini tugatishi kerak, deb hisoblayapti Bryussel.

Foto: Karen Minasyan/AFP via Getty Images
Boku xalqaro majburiyatlarni buzishi natijasida Tog‘li Qorabog‘dagi humanitar vaziyat og‘irlashmoqda, deb ma’lum qildi 1 avgust, seshanba kuni Yevroparlament. «Biz Ozarboyjon tomonidan 2020 yil 9 noyabrdagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha majburiyatlarini va BMT Xalqaro sudining qonuniy kuchga kirgan qarorini buzgan holda, Lochin yo‘lagining blokadasi davom etayotgani sababli Tog‘li Qorabog‘dagi humanitar vaziyat keskin yomonlashayotganidan chuqur xavotirdamiz», — deyiladi Yevroparlamentning Janubiy Kavkaz bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi rahbari Marina Kalyurand, Yevroparlamentning Armaniston bo‘yicha ma’ruzachisi Andrey Kovachev hamda Ozarboyjon bo‘yicha ma’ruzachi Jyelyanya Zovkoning qo‘shma bayonotida.
Ular Bokuni blokadani zudlik bilan to‘xtatishga, «humanitar falokatning oldini olish bo‘yicha» xalqaro kelishuv va me’yorlarga rioya qilishga chaqirdi. Yevroparlament deputatlari eslatishicha, mart oyida Yevroparlament Yevropa Ittifoqi kengashini BMT Xalqaro sudining fevraldagi qarori zudlik bilan amalga oshirilmasa, Ozarboyjon davlat amaldorlariga qarshi maqsadli sanksiyalar joriy etishga chaqirgan. Iyun oyida esa Yevroparlament yig‘ilishida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel YeI kengashida bunday sanksiyalarni joriy etish mavzusini ko‘tarish majburiyatini oldi.
Ma’ruzachilar fikricha, inqiroz kuchayishi xalqaro hamjamiyatning shoshilinch e’tiborini talab qiladi. «Deyarli sakkiz oydan beri Tog‘li Qorabog‘ aholisi qamal oqibatlaridan aziyat chekmoqda, faqat mahalliy ishlab chiqarish va insonparvarlik yordami, jumladan, Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi (XQXQ) evaziga omon qolmoqda. Ozarboyjon tomonidan blokadaning uzaytirilishi so‘nggi haftalarda insonparvarlik yordami, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, hayotiy tibbiy buyumlar va boshqa zarur tovarlar tanqisligiga olib keldi», - deb yozadi yevropalik parlamentariylar.
Ozarboyjonning o‘z hududiga Agdam yo‘li orqali yordam ko‘rsatish taklifi uning Lochin yo‘lagi bo‘yicha majburiyatlari bilan bog‘liq emas, deya ta’kidladi Yevroparlament. Deputatlar qo‘shimcha yo‘nalishlar ochish alohida masala ekanligini, buni Boku va Stepanakert o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarda kelishib olish kerakligini ta’kidladi. «Mintaqada humanitar yordamga ruxsat berilishi kerak, har qanday to‘siqlar xalqaro humanitar huquqning buzilishini anglatadi», deb xulosa qildi Kalyurand, Kovachev va Zovko.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

09:16 / 12.07.2025
Yevroparlament Ursula fon der Lyayyenga ishonch bildirdi

07:52 / 11.07.2025
Yevroparlament Ukraina tinch aholisini qiynoqqa solganlarni jazolashga chaqirdi

13:07 / 03.07.2025
Yevroparlament Yevrokomissiyaga ishonch masalasi bo‘yicha ovoz beradi

14:57 / 12.06.2025