Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha va Litva Ukraina yuklarini tekshirishni Boltiqbo‘yi portlariga o‘tkazishni muhokama qilyapti
Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Ukraina yuklarini tekshirishni Polsha-Ukraina chegarasidan Boltiq dengizi portlariga o‘tkazish g‘oyasiga ijobiy qarayapti. Bu haqda Litvaning Delfi internet nashri Litva prezidenti Gitanas Nauseda bayonotiga asoslanib xabar bermoqda.
Foto: Shutterstock
Nausedaning so‘zlariga ko‘ra, bunday qadam «logistika jarayonining o‘zini sezilarli darajada qisqartiradi va bizning (Boltiqbo‘yi mamlakatlari) Ukraina donini eksport qilish imkoniyatlarimizni sezilarli darajada oshiradi».
Avvalroq Litva Rossiya «g‘alla bitimi»ni uzaytirishdan bosh tortgach, Yevropa Ittifoqiga Ukraina g‘allasini eksport qilish uchun Boltiq dengizidagi portlaridan foydalanishni taklif qilgandi.
Litva vazirlarining Yevrokomissiyaga yo‘llagan maktubida aytilishicha, Boltiqbo‘yi portlari orqali yiliga 25 million tonna g‘alla tashilishi mumkin, bu esa ularni «Ukraina tovarlari, jumladan, g‘alla tranziti uchun ishonchli alternativ variantga» aylantiradi.
Bundan tashqari, Litva vazirlari Yevropa komissiyasini Ukraina va Polsha chegarasi orqali quruqlik orqali g‘alla tashishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga chaqirdi.
Mavzuga oid
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:06 / 06.02.2026
Tusk: Polsha va Ukraina qurolni birgalikda ishlab chiqaradi
13:03 / 05.02.2026
Litva XJSdan Ukraina energetikasiga RF zarbalari bo‘yicha tergov o‘tkazishni so‘ramoqda
15:56 / 02.02.2026