Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jiddada Ukrainadagi vaziyatga yechim topish bo‘yicha muzokaralar boshlanyapti
40 ga yaqin davlat vakillari Ukrainadagi urushni tugatish yo‘llari bo‘yicha kelishib olishga harakat qiladi. Rossiya uchrashuvga taklif etilmagan.
Saudiya Arabistonida 5 avgust, shanba kuni Ukraina atrofidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha ikki kunlik maslahatlashuvlar boshlanyapti. Saudiya podshohligi Ukrainani, uning g‘arbiy ittifoqchilari, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan davlatlarni Jiddaga taklif qildi - umuman olganda, 40 ga yaqin davlat, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Braziliya, Janubiy Afrika, Indoneziya va boshqalarning vakillari keladi. Rossiya maslahatlashuvlarda ishtirok etmaydi.
Uchrashuv xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar darajasida o‘tkaziladi. Germaniya tomonidan federal kanslerning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yyens Plyotner ishtirok etadi. Maslahatlashuvlarning maqsadi «turli xil tinchlik rejalarini, jumladan, Ukraina tomonidan taqdim etilgan o‘n bandlik rejani Xitoy, Afrika va Braziliyaning varianti bilan birlashtirish», deya ma’lum qildi rasmiy Berlin uchrashuvdan oldin.
Ukraina Jiddada qiyin, ammo konstruktiv maslahatlashuvlarni kutmoqda. Kiyev uchrashuv ishtirokchilari urushni hal qilishning asosiy tamoyillari bo‘yicha kelishib olishiga umid qilmoqda, dedi Ukraina prezidenti devonxonasi rahbari Andrey Yermak.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Kreml Jiddadagi muzokaralarni kuzatib boradi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, Moskva Saudiya Arabistonidagi maslahatlashuvlarni Rossiyaga qarshi koalitsiya tuzishga urinish sifatida baholayapti.
Mavzuga oid
09:00
Rossiyaning ommaviy hujumi: Kiyevda 4, Xarkivda 5 kishi halok bo‘ldi
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026