Jidda muzokaralari: Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha maslahatlashuv davom ettiriladi
Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha ikki kunlik muzokaralar ishtirokchilari maslahatlashuvlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Foto: TASS / AP
Bu - «tinchlikka yo‘l ochadigan yagona pozitsiyani» shakllantirish uchun zarur», — deyiladi Saudiya Arabistoni bayonotida.
Shu bilan birga, barcha delegatlar har qanday tinchlik bitimi Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini hurmat qilish tamoyiliga asoslanishi kerakligi haqidagi g‘oyani «keng qo‘llab-quvvatlash»ini bildirdi, deb yozadi Financial Times o‘z nomini oshkor etmagan yevropalik diplomatga tayanib.
Saudiya Arabistonida Ukraina atrofidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha ikki kunlik maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Saudiya podshohligi Ukrainani, uning g‘arbiy ittifoqchilari, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan davlatlarni Jiddaga taklif qildi - umuman olganda, 40 ga yaqin davlat, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Braziliya, Janubiy Afrika, Indoneziya va boshqalarning vakillari keldi. Rossiya maslahatlashuvlarda ishtirok etmadi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, Moskva Saudiya Arabistonidagi maslahatlashuvlarni Rossiyaga qarshi koalitsiya tuzishga urinish sifatida baholayapti.