Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologiya vazirligi chiqindilarni musiqa sadolari ostida olib ketishni taklif qildi
Toshkent, Qashqadaryo va Buxoroda chiqindilarni olib ketishning yangi usuli sinovdan o‘tkazilmoqda.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi chiqindilarni mumtoz musiqa sadolari ostida olib ketishni sinovdan o‘tkazayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, chiqindi tashuvchi mashinalarning ertalab baland ovozda signal chalib kelishi aholining e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Shu sababli, chiqindilarni signal usulida emas, yengil musiqa sadolari ostida olib chiqish yo‘lga qo‘yilgan.
«Hozir Toshkent, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida bu usul tajribadan o‘tkazilmoqda. Har bir hududga bittadan maxsus mashina ajratilib, aholiga chiqindi tashuvchi mashina kelgani haqida baland signal emas, musiqa orqali xabar berilmoqda», deyiladi xabarda.
Agar yangi usul sinovdan muvaffaqiyatli o‘tsa, keyinchalik butun respublika bo‘yicha joriy qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:05 / 20.06.2026