Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikrom Narimov transport prokurori lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston Transport prokuraturasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Foto: Bosh prokuratura
O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Ikrom Narimov O‘zbekiston transport prokurori lavozimiga tayinlandi.
Ikrom Narimov 1971 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti va Bosh prokuratura oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.
U xizmat faoliyatini Toshkent transport prokuraturasida boshlagan. Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tizimida turli lavozimlarda, so‘ngra Toshkent aviatsiya transport prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.
Narimov 2018 yilning yanvar oyida O‘zbekiston transport prokurorining o‘rinbosari lavozimiga, 2018 yilning noyabr oyida Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Mavzuga oid
12:31 / 03.03.2026
1 mlrd so‘mlik tabiiy qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi
11:13 / 02.03.2026
9 ming dollar talab qilgan prokuratura xodimi ushlandi
09:30 / 26.02.2026
“Nohaq ayblashdi” – Samarqandda sobiq IIB xodimi Oliy suddan adolat kutyapti
19:07 / 14.02.2026