Jahon | 20:20 / 09.08.2023
5750
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonining Erondagi elchixonasi yetti yildan keyin qayta ochildi 

Diplomatik aloqalar 2016 yilda uzilgan edi. 

Foto: irna.ir

Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasi yopilganidan 7 yil o‘tib, yana o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda IRNA agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar berdi. 

«TIV vakili chorshanba kuni Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasi 6 avgust, yakshanba kuni rasman ochilganini aytdi», deyiladi xabarda. 

Iyun oyida Eronning Ar-Riyozdagi elchixonasi ochilgan edi. Unda Eronning yangi elchisi, avval Quvaytdagi elchixonaga rahbarlik qilgan Alirizo Inoyatiy ishtirok etdi. 

Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar 2016 yilda Saudiya monarxiyasini tanqid qilgan nufuzli shia dinshunosi Nimr an-Nimr Ar-Riyozda qatl etilganidan so‘ng sezilarli darajada yomonlashdi. Buning ortidan namoyishchilar Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga bostirib kirishdi. Bunga javoban Ar-Riyoz Eron bilan diplomatik aloqalarni uzgan edi. 

Shu yilning mart oyida Xitoy vositachiligida Eron va Saudiya Arabistoni diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib oldi.

Mavzuga oid