Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish loyihalariga mablag‘ ajratmoqchi
Qishloq xo‘jaligi vazirligida Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Foto: Agro.uz
Suhbat davomida Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi ko‘rib chiqildi.
Hozirgi paytda Jahon bankining vazirlik bilan amalga oshirilayotgan 4 ta loyihalarining umumiy qiymati 1,36 milliard dollarni tashkil etadi. Ular «O‘zbekistonda bog‘dorchilik tarmog‘ini rivojlantirish», «Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish», «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish», «Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishlariga moslashish va oqibatlarini yumshatish dasturi» loyihalaridir.
Muloqotda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida bugungi kunga qadar yechimini topmagan bir qator masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.
O‘zbekiston tomoni ijrosi sekin kechayotgan yoki kechikayotgan loyihalarni tezlashtirish taklifini bildirdi. Bu loyihalarni amalga oshirishda har bir yo‘nalishlarning o‘zida alohida ishchi guruhi tuzilib, jarayonlarni batafsil o‘rganilib, tahlil qilinib, ularni tezlashtirish amalga oshirilishi maqsadga muvofiq deb topildi.
Marko Mantovanelli O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga oid loyihalar bo‘yicha ham Jahon banki tomonidan mablag‘ ajratish, hamkorlik qilish rejalari ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
17:55 / 13.01.2026
Issiqxonachilik sohasi qayta ko‘rib chiqiladi. Buning uchun Loyiha ofisi ochilmoqda
13:23 / 10.01.2026
Hududlar reytingi: oziq-ovqat ishlab chiqarishda Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
16:52 / 02.01.2026
Ertangi kun texnologiyasi – bugun. Super zamonaviy 5-avlod issiqxonasiga sayohat
15:20 / 27.12.2025