Jamiyat | 19:59 / 10.08.2023
18334
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekgidroenergo” AJ mustaqil xalqaro reytingda bir pog‘onaga ko‘tarildi

Joriy yilda ham “O‘zbekgidroenergo” AJ jahonda yetakchi “uchlik” reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Ratings xalqaro reyting agentligining “VV-” barqaror reytingini saqlab qoldi va mustaqil kredit reytingini bir pog‘onaga oshirib, “V+” darajaga ko‘tardi.

Foto: O‘zbekgidroenergo

Ta’kidlash joizki, 2020 yilda Jamiyat reytingi V+ (barqaror) bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilda VV- (barqaror) darajasiga ko‘targan. Shu bilan birga, 2022 yilda ham Jamiyat VV- (barqaror) darajasini saqlab keldi. Fitch Ratings xalqaro kredit reyting agentligi “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingini baholab kelmoqda. Bu borada, Jamiyat reyting darajasi respublika suveren reytingi qatorida ekanligini, ishlab chiqaruvchi tashkilotlar orasida esa 4 yildan beri o‘z mavqeini barqaror holatda saqlab turganini alohida ta’kidlash lozim.

Quvonarlisi shundaki, “O‘zbekgidroenergo” AJ joriy yilda mustaqil (Standalone Credit Profile) xalqaro kredit reyting holatini V+ darajaga yuqoriladi. Bu bilan “O‘zbekgidroenergo” AJ respublikada V+ mustaqil (Standalone Credit Profile) reytingiga ega bo‘lgan top 3 talik korxonalar ro‘yxatidan joy oldi.

Ma’lumki, joriy yilda berilgan reyting o‘tgan moliya yilining tahlili natijalari, ya’ni 2022 yilning natijalari sarhisobiga berilgan baho hisoblanadi.

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “O‘zbekgidroenergo” AJning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy biznes strategiyasi holatini mustahkam o‘sib borayotganiga amin bo‘ldi.

Yana bir muhim jihat, Jamiyatdagi investitsion muhitning jozibadorligi va uni boshqarishdagi salohiyati, Jamiyatning kredit yelkasini (target laverage) kerakli darajasi boshqaruv raisi nazorati ostida bo‘lib va hozirgi kunda 2x darajada ekanligi mustaqil kredit reytingi oshishiga olib keldi.

Jamiyat tomonidan 2022 yilda 8 ta loyihalarni foydalanishga topshirilishi natijasida, qo‘shimcha 178 MVt ishlab chiqarish quvvati yaratildi hamda jami ishlab chiqarish quvvatlari hajmi 2 230 MVtga yetkazildi.

Mazkur reyting darajasi, “O‘zbekgidroenergo” AJni jahonning mashhur investorlar bozorlariga aniq va ravshan biznes strategiyasiga, shaffof moliyaviy hisobotlariga va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega birinchi o‘zbek ishlab chiqaruvchi korxonasi sifatida tanitib bormoqda. Qo‘lga kiritilgan mazkur yutuq, kelgusida “O‘zbekgidroenergo” AJning iqtisodiy barqarorligini yanada oshirishga xizmat qiladi hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy kreditlarni davlat kafolatisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya mablag‘larini jalb qilish imkoniyatini beradi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ ushbu erishilgan yutuq bilan chegaralanib qolmaydi. Kelgusi yillarda reyting darajasini yanada oshirish hamda uni barqaror saqlab qolish yo‘lida istiqbolli loyihalarini tizimli ravishda davom ettiradi, mamlakatimiz gidroenergetika sohasi rivoji yo‘lida izchil va jadal faoliyatini olib boradi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ axborot xizmati

Mavzuga oid