07:24 / 12.08.2023
2970

Navoiy-Chunsin qo‘shma erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilishi mumkin

Navoiy viloyati va Chunsin shahri o‘rtasida birodarlik memorandumi imzolandi.

Foto: Dunyo

Xitoyda bo‘lib turgan Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ushbu davlatning Chunsin shahri meri Xu Xenxua bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Muloqot chog‘ida Navoiy viloyati va Chunsin shahrining investitsiyaviy salohiyatlari haqida o‘zaro ma’lumot almashildi va hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Navoiy viloyatida kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari va logistika tarmoqlarida Navoiy-Chunsin qo‘shma erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish xususida fikr almashildi.

Uchrashuvda Navoiy viloyati va Chunsin shahri o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish va har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha birodarlik memorandumi imzolandi.

Navoiy viloyati hokimi Chunsin shahri rahbariyatini Navoiy viloyatiga borishga taklif qildi.

Mavzuga oid
Top