Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada yapon tibbiyot va sog‘lomlashtirish shaharchasi barpo etiladi
Qiymati 8,72 mln dollarga teng loyiha NAGAI Clinic kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyaning NAGAI Clinic kompaniyasi rahbari Koji Nagai boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda Farg‘onadagi Ekoshahar hududida 1 gektar maydonda qad rostlayotgan zamonaviy yapon tibbiyot va sog‘lomlashtirish shaharchasi loyihasining amaliy bosqichlari muhokama qilindi. Loyihaning qiymati 8,72 mln dollarga teng.
Qayd qilinishicha, ushbu tibbiyot va sog‘lomlashtirish shaharchasi Yaponiyaning Micado Development kompaniyasi tomonidan Ekoshaharning 3 gektar maydonida barpo etiladigan qiymati 15 mln dollarlik Ferghana Shogun city yapon bog‘i, mehmonxona, restoranlar majmuasi bilan uyg‘unlik kasb etadi.

Bugungi uchrashuvda Farg‘ona viloyati hokimi Micado Development kompaniyasi rahbari Okuda Takefumi bilan Fergana Shogun majmuasi qurilishi jarayonlariga tayyorgarlik holatini ham muhokama qilgan.
Mavzuga oid
11:20 / 13.07.2026
So‘xga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
09:00 / 08.07.2026
Farg‘onada qariyb 6 kg «gashish» musodara qilindi
17:55 / 03.07.2026
Farg‘onada qalbaki xorijiy pasport tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi
10:25 / 17.06.2026