Sport | 22:46 / 15.08.2023
19317
2 daqiqa o‘qiladi

OChL saralash pley-off o‘yini. OKMK «As-Sib»ni mag‘lub etib, hal qiluvchi bosqichga yo‘llanma oldi

Osiyo chempionlar ligasi 2023/24 yilgi mavsum 1-saralash bosqichi doirasida OKMK klubi Olmaliqda Ummonning «As-Sib» jamoasini qabul qildi.

Qariyb 10 ming tomoshabin kuzatgan uchrashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlari Xurshid G‘iyosovning 2-bo‘lim boshida kiritgan goli evaziga g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi – 1:0. Shu kuni mezbonlar o‘yinni 10 kishi bo‘lib yakunlashdi – 73-daqiqada Boake maydondan chetlatildi.

Shu tariqa, OKMK OChL hal qiluvchi pley-off o‘yini doirasida Qatarda «Al-Arabi» mehmoni bo‘ladi. Bir o‘yindan iborat bahs 22 avgust kuni o‘tkazilib, g‘olib jamoa OChL 2023/24 guruh bosqichiga yo‘llanma oladi.

OChL-2023/24. 1-saralash pley-off o‘yini.
OKMK (O‘zbekiston) –  «As-Sib» (Ummon) – 1:0

Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)
Gol: Xurshid G‘iyosov, 47.
OKMK: 1.Botirali Ergashev, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Dilshod Ahmadaliyev (20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 80), 8.Abdulla Abdullayev, 9.Ruben Sanches, 10.Xurshid G‘iyosov (29.Vitaliy Denisov, 90+1), 17.Sanjar Tursunov (15.Oybek Rustamov, 90+1), 22.Shohrux Gadoyev, 27.Martin Boake, 88.Siyovush Xaqnazari (14.Mirjahon Mirahmadov, 80).
«As-Sib»: 1.Ahmad Faraj, 6.Ahmad Al-Hamisi, 7.Zohir Sulaymon (21.Issom Hamis, 76), 9.Abdul Aziz Humaid, 13.Muhammad Al-Musalami, 18.Muhsin Solih, 17.Ali Sulaymon, 22.Hassan Ahmad (8.Maruan Taaib, 81), 24.Tamim Haytam, 27.Aid Muhammad Al Farsi, 90.Yozid Salim.
Ogohlantirishlar: Anzur Ismoilov (33), Martin Boake (62), Yozid Salim (83)
Chetlatish: Martin Boake (73).

Mavzuga oid