Jahon | 21:51 / 17.08.2023
18359
4 daqiqa o‘qiladi

Gurjiston Rossiyaga xorijda ishlab chiqarilgan avtomashinalarni olib o‘tishga to‘siq qo‘ydi

Gurjiston Rossiyaga Yevropada ishlab chiqarilgan, dvigateli hajmi 1,9 litrdan yuqori bo‘lgan, AQShda ishlab chiqarilgan har qanday avtomobil, shuningdek Armaniston orqali kelayotgan har qanday tranzitga taqiq qo‘ydi.

Yuqori Lars chegara o‘tkazish punkti. Foto: tourister.ru

Agar Gurjistondan Rossiyaga olib kirilayotgan mashinalar soni jami import qilinayotgan mashinalarining atigi 1 foizini tashkil qilgan esa-da, iyul oyida Armanistondan tranzit qilingan, avval haydalgan mashinalarning har oltinchisi Rossiyaga o‘tkazilgan. Bu mashinalarning 2 foizi yangi bo‘lgan.

Dariali posti (Rossiya tomonidan Yuqori Lars nomi bilan mashhur) orqali endi bunday mashinalar avto tashuvchi treylerda ham, o‘zining yurishi bilan ham o‘ta olmaydi, degan mahalliy brokerlar VPost nashriga.

Ayni paytda xorijdan avval haydalgan mashinalarni olib kirish, ayniqsa, yuridik shaxslar uchun kam daromadli ishga aylangan, chunki 1 avgustdan boshlab Rossiyada bunday mashinalarga utilizatsiya yig‘imi mashina dvigateli quvvatiga ko‘ra 1,7–3,4 barobarga o‘sib, 80 ming rubldan 1,2 mln rublgacha yetgan.

Biroq jismoniy shaxslar mashinalarni imtiyozli stavkalarda olib kirish huquqini saqlab qolishayotgandi — yangi avtomobilga 3400 rubl, haydalgan avto uchun 5200 rubl. Faqat dvigatel hajmi 3 litrdan ziyod bo‘lmasligi kerak va yiliga bir marta bu ish bilan shug‘ullanish mumkin. Yig‘imlar miqdori oshirilgunga qadar ham Armanistondan avtomobillar asosan jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgandi — hujjatlarni rasmiylashtirish osonroq va to‘lov kamroq bo‘lgani uchun.

Mashinalarning bir qismi Armanistondan haydab olib kirilgan, Gurjistonda treylerlar yoki yuk mashinalari kuzoviga ortilgan, biroq juda ko‘p hollarda tranzit avtoraqamlari ilinib, haydovchilar yoki xaridorlar tomonidan o‘tkazilgan. Endi bunday mashinalarni o‘tkazish taqiqlanadi.

Importchilar darhol vaziyatni baholab, mashinalarni Gurjistonni aylanib o‘tkaza boshlashgan. Eron orqali Kaspiy bo‘yiga chiqib, paromda Astraxanga, yoki rasmiylashtirilgan tranzit orqali Qozog‘istonga yetkazib, o‘sha yerda rasmiylashtirishmoqda. Bunday aylanish uchun transport kompaniyalari avtomobil narxiga o‘rtacha 1000 AQSh dollari qo‘shishmoqda. Brokerlarning so‘zlariga ko‘ra, Gurjiston va Armaniston orqali kirib kelayotgan mashinalarning barchasi 50 ming dollardan arzon mashinalar, ularning katta qismi hattoki 20 ming dollardan arzon. Shu sababli, mashinalar narxi 5 foizga ko‘tarilmoqda. O‘zi uchun avto xarid qilgan yoki xususiy buyurtma uchun avto yetkazib beruvchilar osonroq va tezroq sxemalarni axtarish bilan band.

Bungacha eng arzon yo‘li — mashinani Armanistonda mahalliy fuqaro nomiga hisobga qo‘yish, arman avtoraqamlari yordamida mashinani Rossiyaga olib o‘tish, so‘ng Rossiyadan turib onlayn hisobdan chiqarish va mashinani rossiyalik xaridorga sotish bo‘lgan. Biroq muammo chiqqan: Agar Rossiyaga Armaniston fuqarosi o‘z nomidagi mashinani haydab o‘tsa, Yuqori Larsda rossiyalik bojxonachilar mashinaga olib kirish uchun hech qanday bojxona hujjati rasmiylashtirishmagan. Buning oqibatida avtomobil Rossiyaga import qilingan hisoblanmagan, unga utilizatsiya yig‘imi to‘lashga ham asos bo‘lmagan. Utilizatsiya yig‘imisiz mashinani Rossiyada hisobga qo‘yib bo‘lmaydi.

Bu sharoitlarda Gurjistonda Armanistondan Rossiyaga 800–1000 dollar evaziga tranzit sxemasi orqali o‘tkazib beruvchi vositachilar paydo bo‘lgan edi.

Mavzuga oid