Polsha YeIning qochqinlar rejasi bo‘yicha referendum o‘tkazadi
Yevropa Ittifoqining murosa qarori noqonuniy migrantlarni majburiy qabul qilishni nazarda tutadi. Polsha hukumati bunga rozi emas va bu masala bo‘yicha referendum o‘tkazish niyatida.
Polshada 15 oktyabr kuni parlament saylovlari bilan bir vaqtda Yevropa Ittifoqining qochqinlar bo‘yicha murosaga kelish rejasi va yana uchta masala yuzasidan referendum o‘tkaziladi. Bu qaror Polsha Seymi tomonidan 17 avgust, payshanba kuni 451 deputatdan 234 nafarining ovozi bilan qabul qilindi.
Muxolifat vakillari Varshavadagi milliy-konservativ hukumatni referendum orqali parlament saylovlari natijalariga ta’sir o‘tkazish va davlat mablag‘larini saylov kampaniyasiga sarflash niyatida aybladi.
Munozarali murosa
Hukmron «Qonun va adolat» partiyasi taklifi bilan referendumga to‘rtta savol qo‘yilmoqda. Ulardan biri Yevropa Ittifoqining qochqinlarni majburiy qabul qilish bo‘yicha murosaga kelishi bilan bog‘liq. Aniqrog‘i, savol quyidagicha yangraydi: «Siz Yevropa byurokratiyasi tomonidan o‘rnatilgan majburiy qabul mexanizmi bo‘yicha Yaqin Sharq va Afrikadan minglab noqonuniy muhojirlarning qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlaysizmi?»
Bu ovoz berish natijasi Yevropa Ittifoqi doirasida qaror qabul qilish jarayoni uchun hech qanday oqibatlarga olib kelmaydi.
Iyun boshida Yevropa Ittifoqi ichki ishlar vazirlari boshpana siyosatini isloh qilishga kelishib oldi. Taxminlarga ko‘ra, qochqinlarni YeIga qabul qilish bundan buyon ixtiyoriy emas, balki majburiy asosda amalga oshiriladi. Qochqinlarni qabul qilishdan bosh tortgan davlatlar Yevropa Ittifoqiga tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi.
Germaniya migratsiya siyosati tanqid qilinyapti
Polsha hukumati bunga rozi emas. Polsha ta’lim vaziri Pshemislav Charnek parlamentda referendumda ko‘tariladigan masalalarni taqdim etar ekan, uning ta’biri bilan aytganda, «absurd» Germaniya migratsiya siyosatini tanqid qildi. Shu bilan birga, u G‘arbiy Yevropa davlatlari va Polshaning jinoiy statistikasini solishtirdi. «Ular Polshada ayollarning xuddi Fransiya, Belgiya yoki Germaniyadagi kabi zo‘ravonlikka uchrashini istaydi. Polyaklar bunga «yo‘q» deydi», - dedi Charnek.
Polshadagi referendumda davlat korxonalarini xususiylashtirish, pensiya yoshini oshirish va Belarus bilan chegarani mustahkamlash masalalari ham bor. Barcha savollar taklif asosida shakllantirilib, fuqarolarni ularga salbiy javob berishga undaydi, deya qayd etadi dpa agentligi.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
23:14 / 12.01.2025
Polshada o‘tgan yil yo‘qolgan minalar IKEA do‘konidan topildi
08:30 / 10.01.2025
Polsha Netanyahuni XJC orderi bo‘yicha hibsga olmaslikka va’da berdi
17:24 / 09.01.2025
Polsha prezidenti Netanyahu Osvensimdagi tadbirga tashrif buyursa, uni hibsga olmaslikni so‘radi
21:42 / 08.01.2025