AQŞdagi osti yonayotgan şahar: kömir koni ustida joylaşgan Sentreyliya qanday vayron böldi?
|16:41 / 20.08.202331 11811 min
1962 yilda AQŞdagi Sentreyliya şahrida öt öçiruvçilar qabriston yonida joylaşgan çiqindixonani tozalaş uçun yoqib yuborişadi. Ular şahar ostida kömir qatlami borligini bilişmasdi. Çiqindixonadagi olov tufayli avvaliga şahar çetidagi taşlandiq kömir konlari yonadi. Keyin çöğ şahar ostiga ötadi. Öşandan buyon şahar osti yonib, atrofga tutun tarqalmoqda. Yer yorilib, çökib tuşmoqda. Odamlar esa allaqaçon şaharni tark etib bölişgan.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Dunyo turli ğaroyibotlarga töla. Ana şunday ğaroyib işlardan biri tasodifan AQŞning Pensilvaniya ştatida joylaşgan Sentreyliya şahrida sodir bölgan.
Bundan 61 yil avval, 1962 yilda mazkur şahar kengaşi beş nafar köngilli öt öçiruvçilarga şahar çetidagi çiqindixonani tozalaşni topşiradi. Öt öçiruvçilar oson yölni tanlaşadi va çiqindixonani yoqib yuborişadi.
Öşa paytda ular bu işlari kelajakda Sentreyliyada yaşovçilarning hayotiga xavf tuğdirişi va odamlar köçib ketib, şahar vayronaga aylanişi haqida öylaşmagan ham.
Öşa paytda öt öçiruvçilar Sentreyliya atrofida kömir borligini bilişar, biroq kon şahar ostigaça çözilib ketganini bilişmasdi. Tez orada çiqindixonada yoqilgan olov şahar ostida joylaşgan kömir qatlamiga ötadi va u yona boşlaydi.
Sentreyliya böylab kömir tutuni tarqay boşlaganda odamlar uni şahar çetidagi çiqindixonadan kelyapti deb öylaşadi. Ular şahar osti ham yona boşlaganini bilişmaydi.
Oradan qariyb 20 yil ötgandan söng şahardagi yoqilği quyiş şoxobçasi egasi tasodif tufayli yer osti yonayotganini sezib qoladi. Şundan söng bu yerning aholisi yoppasiga köçib keta boşlaydi va şahar huvillab qoladi.
Şu tariqa şahar vayronaga aylanadi. Hozirda Sentreyliyaning juda köp joylarida yer yorilgan yoki çökkan. Öşa joylardan doimiy tutun çiqib turadi va şaharda sanoqli odam qolganini aytmaganda heç kim yaşamaydi.
Sentreyliya şahri köçalaridan biri 1980-yillarda va hozir
www.documentingreality.com
Şahar tarixi
1841 yilda Sentreyliya şahri joylaşgan hudud atrofida ilk kömir konlari topilgan. Köp ötmay işçilarga qatnab işlaş maşaqqat tuğdirgani uçun bu yerda aholi punkti tiklaşga qaror qilingan.
1854 yilda Aleksandr V. Ria va Locust Mountain Coal and Iron Company kompaniyasi muhandisi kelib, yangitdan quriladigan aholi maskanining rejasini çiza boşlaydi.
Köp ötmay bu yerga odamlar köçib kelişadi va aholi punkti şakllanadi. 1865 yilda aholi punktiga Sentreyliya deb nom beriladi. Oradan bir yil ötib, 1866 yilda unga şahar maqomi beriladi. Aleksandr V. Ria şahar asosçisi sifatida tarixda qoladi.
Mavzuga oid
Mazkur şaharga köçib kelganlarning aksariyati Şarqiy Yevropadan köçib kelgan muhojirlar edi. Sentreyliya ovloq joyda ekani va odamlar mehnat bilan band bölgani uçun şaharda turli otişmalar sodir bölmas, hindular ham hujum qilmasdi. Şahar aholisi osoyişta hayot keçirardi.
Avvaliga kömirni qölda, keyin esa sanoat usulida qazib oliş boşlanadi. Şaharda atrofida kömirni qayta işlaş korxonalari quriladi.
Xaritada Sentreyliya joylaşgan hudud qizil nuqta bilan körsatilgan.
Şahar yaqiniga ikkita «Philadelphia and Reading» va «The Lehigh Valley» temiryöl tarmoqlari tortib kelinadi. Şahar atrofidan qazib olinayotgan kömir asosan «The Lehigh Valley» temiryöl liniyasidan taşib ketilardi.
1929-1932 yillarda AQŞda sodir bölgan moliyaviy inqiroz davrida köplab konlar yopiladi, iş örinlari qisqaradi. Biroq Sentreyliya aholisi şaharni taşlab ketmaydi va şu yerda yaşaşda davom etadi.
Işsiz qolgan köpçilik erkaklar yopib ketilgan konlaridan noqonuniy tarzda kömir qazib olib, oilasini şu tarzda boqişga majbur böladi.
Iqtisodiy inqiroz davri tugagandan söng şahar yaqinidagi kömir konlari qayta oçiladi. Sentreyliya aholisi kömir tayyorlovçi korxonalarga qaytadi va şahar yana avvaligiday rivojlana boşlaydi.
1950 yillarda Sentreyliyada beşta mehmonxona, ikkita teatr, yettita çerkov, bank, poçta bölimi, ön beşga yaqin turli savdo dökonlari işlardi.
1960-yillargaça Sentreyliya şahri şu tarzda taraqqiy etib keladi. Biroq 1962 yilda bir hodisa tufayli şahardagi vaziyat orqaga qarab ketadi. Odamlar bu yerdan köçib keta boşlaydi va keyinçalik şahar kimsasiz joyga aylanadi.
Sentreyliya köçalari, 1960-yillar.
gigazine.net
Şaharliklarni zaharlagan şubhali tutun
1962 yil 28 may kuni AQŞda xotira kuni nişonlanişi kerak edi. Sentreyliya şahar kengaşi xotira kunigaça bu yerda tozalaş işlarini olib borişga qaror qiladi.
Kengaş xotira kunida asosiy tadbirlar ötkaziladigan qabriston yaqinidagi taşlandiq kömir konda joylaşgan şahar çiqindixonasini tozalaş uçun beş nafar köngilli öt öçiruvçini yollaydi.
Öt öçiruvçilar çiqindi uyumlarini kömişga erinib, ularni yoqib yuboradi. Söng ular yonib bitgaç olovni öçirişadi. Biroq çiqindixonadagi çöğ oxirigaça öçmay qoladi.
Oqibatda, avvaliga çiqindixonadagi taşlandiq kömir koni, keyinroq atrofdagi boşqa qarovsiz konlar yonib tutay boşlaydi.
Boşqa versiyaga köra, şahar çiqindixonasini öt öçiruvçilar yoqmagan. Çiqindixonaga kimdir öçirilmagan sigaret qoldiğini taşlaydi va çiqindilar yonib ketadi.
Şahar uzra kömir tutuni tarqalar ekan, taşlandiq konlardagi çöğni öçirişga urinişadi, biroq buning iloji bölmaydi. Aksinça, çöğ yanada kengroq hududlarga tarqalaveradi.
Şu tariqa çöğ şahar ostidagi konlargaça yetib boradi. Biroq şahar ahli buni sezmaydi va kömir tutuni taşlandiq konlardan kelyapti deb öylab, odatdagiday yaşaşda davom etaveradi.
Vaqt ötişi bilan kömir yonganda ajralib çiqadigan uglerod oksidi atrofga köproq tarqala boşlaydi va odamlar soğliklari yomonlaşayotganidan şikoyat qila boşlaşadi.
Uç-tört yilda şahar atrofidagi köplab konlarda havo ifloslangani uçun işlab bölmay qoladi va ular birin-ketin yopiladi. 1966 yilda şahar yaqinigaça tortilgan temiryöllar ham öz faoliyatini töxtatadi.
Sentreyliya aholisi kömir tutunidan turli kasalliklarga çalinsa-da, şahar osti yonayotganini sezmayotgan odamlar u yerda yaşaşda davom etadi. Vaziyat qançalik jiddiy ekanini şahar aholisi 1979 yilda biladi.
Sentreyliya yaqinidagi yonayotgan kömir koni
www.newscientist.com
Sentreyliyaliklarni vahimaga solgan hodisa
1979 yilda şahardagi yoqilği quyiş şoxobçasi egasi yoqilği qança qolganini aniqlaş maqsadida yer ostida joylaşgan siğimga ölçagiç uskuna qöyadi.
Kunlarning birida «zapravka»çi uskunani siğimdan çiqarib olganida u qizib ketgandi. AYoQŞ egasi siğimdagi yoqilğini tekşirib körganda undagi harorat +78 daraja issiqni körsatar edi.
Şunda u AYoQŞ joylaşgan hududda yer osti yonayotganini biladi va darhol şoxobçani yopadi. Aks holda siğimdagi yoqilği istalgan paytda portlaşi mumkin edi.
AYoQŞdagi hodisa tufayli odamlar Sentreyliya kömir koni ustiga qurilganini, taşlandiq konlardagi çöğ şahar ostiga ham yetib kelganini bilişadi.
Şundan söng aholi vahimaga tuşadi va ayrimlar şahardan köçib keta boşlaydi. Boşqalar yaşaşda davom etadi.
1981 yilda şaharda şov-şuvli voqealardan biri sodir böladi. 12 yoşli Todd Domboski buvisinikiga borganda tösatdan hovlida kengligi 1,2, çuqurligi 45 metr bölgan yoriq paydo böladi.
Bola yiqilayotib daraxt ildizini uşlab qolişga muvaffaq böladi va çuqurning tepa qismiga ilinib qoladi. Öşa paytda Toddning yonida bölgan akasi uni qutqarib qoladi.
Todd bilan sodir bölgan voqea şaharda juda katta şov-şuv keltirib çiqaradi. Zudlik bilan şahar meri, senator, politsiya bölimi boşliği va boşqa mutasaddilar yoriqni kelib körişadi.
Ular vaziyat jiddiyligini körişadi va ştat ma’muriyatiga vaziyat haqida xabar berişadi.
Köp ötmay şaharga turli OAV vakillari keladi va Toddan intervyu olişadi. Şahardagi vaziyat haqida reportajlar tayyorlaşadi. Ular orasida The New York Times naşri muxbirlari ham bor edi.
Nufuzli gazetada Todd bilan sodir bölgan hodisa haqida maqola e’lon qilingaç, butun mamlakat Sentreyliya şahri va uning atrofida sodir bölayotgan hodisadan xabar topadi.
Şundan söng AQŞ hukumati Sentreyliya şahridagi vaziyatga jiddiy e’tibor qaratadi va odamlarni boşqa joylarga köçiriş masalasini körib çiqa boşlaydi.
1984 yilda Kongress Sentreyliya şahrida yaşovçilarni köçirişga tayyorgarlik köriş va taşkillaştiriş uçun 42 million dollardan ortiq mablağ ajratadi.
Köpçilik hukumatning boşqa joyga köçiş haqidagi taklifini qabul qiladi va Sentreyliya şahriga yaqin bölgan Maunt-Karmel va Eşland şaharçalariga köçib ötadi. Hukumat vakillarining ogohlantirişlariga qaramay bir neça nafar odam Sentreyliyada qolişga qaror qiladi.
1992 yilda Pensilvaniya ştati hukumati Sentreyliyadagi barça binolarni foydalanişga yaroqsiz deb topadi va ularni buzib taşlaşga ruxsat söraydi. Aholining sud orqali muammoga yeçim izlaşga bölgan urinişlari muvaffaqiyatsizlikka uçraydi.
2002 yilda AQŞ poçta xizmati şaharning 17927 raqamli poçta indeksini bekor qiladi.
Sentreyliya bugun
Sentreyliyada qariyb 40 yildan buyon sanoqli odamni aytmaganda heç kim yaşamaydi. Şahardagi binolarning aksariyati qarovsiz qolib, vayronaga aylangan.
Şaharning katta qismi çakalakzorlar bilan qoplangan. Hatto yöllarning yorilgan joylaridan ötlar ösib çiqib, ötloq ustidan asfalt yöl tortganday bölib turibdi.
Hozirda Sentreyliyaning turli burçaklarida ogohlantiriş belgilari örnatilgan. Ularda şahar osti yonayotgani va undan inson salomatligi uçun xavfli bölgan ugar gazi ajralib çiqayotgani va oyoq osti çökişi mumkinligi yozilgan.
Şahar içida juda köp joyda, şuningdek, Pensilvaniya 61-trassasi (bu yöl 1990 yilda yopilgan) va uning yoqasida joylaşgan qabristonda yoriqlar paydo bölgan va ulardan doimiy ravişda tutun çiqib turadi.
Bugun şahar va uning atrofida yer osti yonişda davom etmoqda va yildan yil boşqa hududlarni ham qamrab olmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitobiga köra hozir Sentreyliya şahri va uning atrofida 160 gektar yerning osti yonmoqda. Şu zaylda bu joyda yer osti 250-300 yil yonib turadi.
Vaziyat hozirgiday davom etaversa yer ostidagi çöğ noma’lum nuqtagaça harakatlanib ketaveradi. Hukumat yer ostida yonayotgan hudud kattaligi uçun bu yerda olovni öçirişning mutlaqo iloji yöq deb hisoblamoqda.
Sönggi yillarda Sentreyliya şahriga sayyohlar taşrif buyurib, bu yerdagi vaziyatni tomoşa qilişmoqda. Ularga şaharda qolgan kişilar xizmat körsatadi.
Sentreyliyaga kelgan sayyohlar
vokrugsveta.ua
Şuningdek, şahar ilmiy-ommabop yönalişlarda hujjatli film oluvçilarning doimiy maskaniga aylangan. Bundan taşqari, Sentreyliya şahrida turli tabiiy ofatlar haqida hikoya qiluvçi badiiy filmlar uçun kadrlar tasvirga olinmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi