Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari AQShda terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv kurslarida qatnashadi
2024 yildan AQSh Davlat departamentining Terrorizmga qarshi kurashishga ko‘maklashish dasturi doirasida O‘zbekistondagi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun hamkorlikda maxsus taktik o‘quv kurslari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
21 avgust kuni AQSh Davlat departamentining Terrorizmga qarshi kurashishga ko‘maklashish dasturi (ATA) vakillari O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga tashrif buyurib, qo‘mita raisi o‘rinbosari N.Musamuhamedov va boshqa mas’ullar bilan uchrashdi.
Qo‘mita matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda Bojxona qo‘mitasi tomonidan xalqaro terrorizmga qarshi kurashish, narkotik va boshqa noqonuniy tovarlar harakatining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etilgan.

Shuningdek, ATA dasturi tomonidan 2024 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikda maxsus taktik o‘quv kurslari o‘tkazilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
AQSh delegatsiyasi vakillari, shuningdek, Milliy kinologiya markaziga ham tashrif buyurdi. Ularga markaz bo‘ylab ekskursiya va xizmat itlarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish qilingan.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026