Ebola virusi infeksiyasi jiddiy kasallik bölsa-da, Özbekistonda tarqaliş xavfi past, deb xabar berdi Sanitariya-epidemiologiya qömitasi.

Qayd qilinişiça, virus Afrika qit’asida tez-tez uçraydi va insonga kasal hayvonlarning qon, najas, siydik, ter, sölagi va boşqa tana suyuqliklari orqali yuqişi mumkin. Ebola virusi infeksiyasini davolaşning öziga xos usuli yöq, infeksiyalangan odamlarni davolaş simptomatik terapiya bilan amalga oşiriladi.

Ta’kidlanişiça, joriy yilda Afrikada Ebola bilan kasallaniş böyiça 263 ta tasdiqlangan holat qayd etilgan. Kongo Demokratik Respublikasi epidemiya markazi hisoblanmoqda. Biroq, JSST Ebola global pandemiya çaqiriş ehtimoli past deb baholamoqda.

Xabarga köra, kasallikni Özbekistonga kirib kelişini oldini oliş maqsadida, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi mutaxassislari tomonidan davlat çegaralarida tibbiy kuzatuv olib borilmoqda.

Sanepidqömita Özbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorligini ma’lum qildi va Ebola virusi faol tarqalgan mamlakatlar va mintaqalarga sayohat qilmaslikni söradi.

Şu bilan birga, quyidagi ehtiyot çoralarini körişni tavsiya qildi:

  • yovvoyi hayvonlar bilan aloqa qilişdan saqlaniş: primatlar (maymunlar, şimpanzelar) va körşapalaklar yaşaydigan joylarga bormaslik;

  • ekzotik taomlardan saqlaniş: yovvoyi hayvonlarning göşti yoki xom ovqatlarni yemaslik;

  • kasal odamlardan – nafas oliş yöllarida şamollaş alomatlari, isitma, toşma yoki qon ketiş belgilari bölgan odamlardan xavfsiz masofani saqlaş;

  • qöllarni iloji boriça tez-tez sovun bilan yuviş yoki dezinfeksiyalovçi vositadan foydalaniş;

  • faqat qadoqlangan yoki qaynatilgan suv içiş;

  • endemik hududdan qaytgandan keyin 21 kun davomida soğliqni diqqat bilan kuzatiş (bu standart inkubatsiya davri);

  • agar isitma, holsizlik, qusiş yoki diareya paydo bölsa, darhol tibbiy yordamga murojaat qiliş;

  • agar yaqinda epidemiya xavfi bor hududga sayohat qilgan bölsangiz, şifokorga xabar beriş.