Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olis va chekka hududlarga borib ishlayotgan oliy toifali shifokor qariyb 15 mln so‘m maosh olyapti
O‘zbekistonda shifokor va hamshiralarning oylik maoshlari haqida ma’lumot taqdim etildi.
Oliy toifali tibbiy brigada hamshirasining o‘rtacha maoshi 2,5 mln so‘mni, ustamalar bilan 5 mln so‘mni tashkil etyapti.
Shuningdek, oliy toifali operatsiya hamshirasining o‘rtacha oylik ish haqi 3 mln so‘mga, ustamalar bilan 6,7 mln so‘mga teng.
Oliygohni yangi bitirgan salohiyatli oilaviy shifokorning ish haqi - 2,7 mln so‘m, ustamalar bilan - 5,4 mln so‘m. Ilmiy darajasi bo‘lganda - 6,2 mln so‘m, yangi ish boshlagani uchun qo‘shimchasi bilan - 7,2 mln so‘m.
Agar ushbu darajadagi shifokor olis va chekka hududlarga borib ishlasa 9,2 mln so‘m maosh oladi.
Oliy toifali xirurg shifokorning o‘rtacha maoshi - 4,7 mln so‘m, yuqori texnologiyali operatsiyalar amalga oshirganda - 5,9 mln so‘m, ustamalar bilan - 9,4 mln so‘m, ilmiy darajasi bo‘lsa - 12,3 mln so‘m.
Oilaviy shifokorlik punktida ishlovchi oliy toifali shifokorning o‘rtacha maoshi 4,9 mln so‘mni, ustamalar bilan 9,8 mln so‘mni, ilmiy darajasi bo‘lsa 12,7 mln so‘mni tashkil etyapti.
Agar ushbu darajadagi shifokor olis va chekka hududlarga borib ishlasa – 14,7 mln so‘m.
Mavzuga oid
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
08:05 / 16.11.2025
Toza havoga boj va shifokorlarga imtiyozlar - hafta dayjesti
15:56 / 08.10.2024
Tug‘uruqxonalardagi o‘limni qanday kamaytirish mumkin? – Saudiyada ishlayotgan o‘zbek shifokori bilan suhbat
17:35 / 03.10.2024