Hududi jihatdan dunyodagi eng yirik, aholi soni böyiça Xitoy va Hindistondan söng uçinçi örinni egallagan, atom va vodorod bombalariga ega, kosmosni özlaştirişda yetakçi davlat bölgan SSSR özining avtomobil sanoati bilan maqtana olmagan.

1960-yillar boşida Yevropaning rivojlangan davlatlari, AQŞ va Yaponiya kabi davlatlarda bir neçtadan avtomobilsozlik kompaniyalari bölib, ularning har biri önlab turdagi maşinalar işlab çiqarar edi.

SSSRda esa Germaniyadan köçirib kelingan Opel kompaniyasi liniyalarida  «Moskviç», amerikaliklardan özlaştirilgan «Villis» va yana bir-ikki xil maşina işlab çiqarilardi.

Öşa paytda aholining turmuş darajasi biroz önglanib, yengil avtomobillarga talab oşadi. Ayniqsa ikkinçi jahon uruşida nogiron bölib qaytgan odamlardan yengil avtomobil sotib oliş böyiça murojaat köp edi.

Ana şunday vaziyatda sovet hukumati avtomobillarga bölgan talabni biroz yengillaştiriş uçun ixçam va arzon maşina işlab çiqarişga qaror qiladi.

1958 yil 28 noyabrda «Kam sarfli avtomobillar işlab çiqarişni taşkillaştiriş haqida»gi qaror qabul qilinadi. Biroq yangi avtomobil loyihasini tayyorlaş uçun mamlakatda kerakli mutaxassislarning özi yöq edi.

Ana şunday şaroitda çorasiz qolgan sovetlar Yevropadagi turli kompaniyalar işlab çiqarayotgan bir neçta avtomobillarni örgana boşlaydi.

Jumladan, Britaniyaning British Motor Corporation kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilayotgan Mini, Italiyaning Fiat kompaniyasida işlab çiqarilayotgan Fiat-600 avtomobillari körib çiqiladi. Oxir-oqibat Fiat-600 avtomobilini özlaştirişga ahd qilişadi.

Italiyada çiqarilgan Fiat-600 / Foto: fidanzata.at.ua

Fiat-600 ixçam va arzon avtomobil bölib, boşqa maşinalardan farqli ravişda uning motori orqa tomonda, yukxonasi esa old qismida joylaşgan edi.

Maşina asosan uç eşikli qilib işlab çiqarilar va u Italiyadan taşqari Lotin Amerikasi davlatlarida juda ommabop edi. Fiat-600ʼning old va orqa örindiqlarida tört kişi joylaşişi mumkin edi.

Sovetlar avvaliga Fiat-600ʼning aynan özini işlab çiqarişadi. Keyinroq uning kuzovini sal özgartirib, uç eşikli xetçbekni ikki eşikli sedan körinişida çiqara boşlaşadi.