Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Nobel mukofoti sohibi Dmitriy Muratov «xorijiy agent» deb e’lon qilindi
Rossiya Adliya vazirligi «Novaya gazeta» bosh muharriri, Nobel mukofoti sovrindori Dmitriy Muratovni «xorijiy agent» deb e’lon qildi. U «Rossiya tashqi va ichki siyosatiga salbiy munosabatni shakllantirish»ga qaratilgan fikrlarni tarqatish uchun «xorijiy platformalardan foydalangan»likda ayblangan.

Foto: Dimitar Dilkoff/AFP/Getty Images
Rossiya Adliya vazirligi «Novaya gazeta» bosh muharriri, 2021 yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Dmitriy Muratovni «xorijiy agentlar» reyestriga kiritdi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Muratov xorijiy agentlarning materiallarini «yaratish va tarqatish»da ishtirok etgan, shuningdek, xorijiy platformalarda «Rossiyaning tashqi va ichki siyosatiga salbiy munosabatni shakllantirishga qaratilgan fikrlarni» tarqatgan.
Muratov 2021 yilda «demokratiya va mustahkam tinchlikning zarur sharti bo‘lgan so‘z erkinligini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlari uchun» Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.
Oradan ko‘p o‘tmay, prezident Vladimir Putin Muratov Rossiyada xorijiy agent deb e’lon qilinmasligini aytdi, biroq, «buning uchun sabab ko‘rsatmasa».
«Agar u Rossiya qonunchiligiga zid ish qilish uchun qalqon sifatida Nobel mukofoti ortiga yashirinsa, demak, buni o‘ziga e’tiborni tortish uchun yoki boshqa sabablarga ko‘ra ataylab qiladi», dedi Putin.
2022 yilda Muratov Heritage Auctions auksionida o‘zining Nobel medalini 103,5 million dollarga sotdi va undan tushgan mablag‘ni «Ukrainalik qochqinlar va bolalar» istiqomat qilayotgan mamlakatlarga yuborish uchun YUNISEF hisobiga o‘tkazishga va’da berdi.
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, «xorijiy agent» deb e’tirof etilgan fuqarolar va tashkilotlar o‘z faoliyati va xarajatlari to‘g‘risida Adliya vazirligiga muntazam ravishda hisobot taqdim etishi, barcha maqolalarida, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda ham «xorijiy agent» ekanini belgilab qo‘yishi shart.
2022 yildan boshlab, ularga dars berish, axborot mahsulotlari ishlab chiqarish, ommaviy tadbirlar tashkil etish, saylov komissiyalari a’zosi bo‘lish taqiqlandi. 2022 yil oxiridan boshlab Adliya vazirligi xorijiy agentlarning yagona reyestrini yuritib kelmoqda.
2023 yilda Vladimir Putin xorijiy agentlar haqidagi qonunni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, Adliya vazirligi xorijiy agentlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarga qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymasligi to‘g‘risida ogohlantirish berishi mumkin. Ushbu shaxslarga nisbatan Adliya vazirligi tomonidan rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazilishi mumkin. Adliya vazirligining qonunbuzarliklarni bartaraf etish talablariga rioya qilmaganligi uchun fuqarolar 50 ming rublgacha, mansabdor shaxslar 100 ming rublgacha va yuridik shaxslar 300 ming rublgacha jarima solinadi.
Tavsiya etamiz
Transafg‘on temiryo‘li – amalga oshirish imkonli ishmi?
Iqtisodiyot | 12:11 / 18.08.2025
Alyaskadagi besamar uchrashuv, Turkiya Suriyaga qurol beradi – hafta dayjesti
Jahon | 20:52 / 17.08.2025
O‘zbekistonda Starlink interneti 2026 yilda ishga tushishi kutilmoqda
Fan-texnika | 20:07 / 17.08.2025
Putinning talablari va takliflari haqida hozirgacha nimalar ma’lum?
Jahon | 16:00 / 17.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy va Hindiston xavfsizlik yo‘nalishidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi
Jahon | 01:22
-
“Putin yaqin ikki hafta ichida Zelenskiy bilan shaxsan uchrashishga va’da berdi” – Oq uy
Jahon | 01:11
-
Noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan brakonerlar qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 00:33
-
Tramp: Putin o‘zini yaxshi tutishiga umid qilaman, aks holda vaziyat og‘irlashadi
Jahon | 00:03
Mavzuga oid

12:03 / 19.08.2025
Rossiya ham, Ukraina ham yon berishi kerak bo‘ladi – Rubio

11:22 / 19.08.2025
Putin Xerson va Zaporijjyaga da’volaridan voz kechdimi?

10:00 / 19.08.2025
Rossiyada qonunchilikning kuchaytirilishi migrantlar soniga unchalik ta’sir qilmadi

07:38 / 19.08.2025