XX asrda 69 yil yaşagan SSSRda köplab qatağonlar ötkazilgan. Ularning asosiy qismi mustabid hukmdor Iosif Stalin SSSRni boşqargan paytga töğri keladi. Ana qatağonlarda Stalinning asosiy jazo quroli NKVD edi.

SSSRni 31 yil boşqargan Stalin tarixda eng qonxör hukmdorlardan biri deb ta’riflanadi. Bu bejizga emas. Aynan u hukmronlik qilgan yillarda Yevrosiyoning katta qismida bir neça ön million aybsiz insonlar qamalgan va öldirilgan.

Öşa paytda Stalin qatağonlarini amalga oşiriş uçun SSSRda ikkita qörqinçli taşkilot tuzilgan. Biri GULag (Glavnoye upravleniye lagerey – Qamoqxonalar boş boşqarmasi), ikkinçisi NKVD (Narodniy komissariat vnutrennix del – Içki işlar xalq komissariati). (GULag 1930 yil 1 oktyabr kuni tuzilgan va 1934 yilda NKVD tuzilgaç, uning tarkibiga kiritilgan).

NKVD xodimlari odamlarni hibsga oliş va tergov qiliş bilan şuğullangan bölsa, GULag jazoni ijro etiş muassasasi sifatida mahkumlarni mislsiz azobga giriftor qilgan.

Stalin, NKVD rahbari Yejov (öng tomonda va va Molotov (Stalinning çap tomonida
Foto: alamy.com

NKVD tarixi

Tarix kitoblarida NKVD bundan 86 yil avval, 1934 yil 10 iyul kuni taşkil etilgan deb yozilgan bölsa ham aslida bu taşkilotning tarixi 1917 yilda sodir etilgan oktyabr töntarişiga borib taqaladi.

Rossiyada hokimiyatni qölga olgan bolşeviklar Rossiya imperiyasiga tegişli bölgan barça taşkilotlarni tarqatib yuboradi va ularni qaytadan tuzadi. Yangi hukumatda Rossiya imperiyasi davrida bölgan boş vazir lavozimi ham tugatiladi.

Şundan söng Vazirlar mahkamasining nomi Xalq komissariati deb özgartiriladi. Vazirliklar esa komissariatlarga aylantiriladi. Vazirlarning örnini xalq komissarlari egallaydi.

Ana öşa paytda NKVD RSFSRda içki işlar idorasi sifatida tuzilgan edi. 1923 yilga kelib RSFSR tarkibidagi köplab avtonom hududlar ittifoqdoş respublikaga aylantiriladi.

Şundan söng NKVDning nomi özgaradi va SSSR içki işlar xizmati – OGPU (Obednennoye gosudarstvennoye politeçeskoye upravleniye – Birlaşgan davlat siyosiy boşqarmasi) deb atala boşlanadi.

1934 yil 10 iyul kuni SSSR markaziy ijroiya qömitasi qarori bilan OGPU qayta NKVD deb nomlanadi. Davlat xavfsizligi boş boşqarmasi uning tarkibiga kiritiladi.