Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya 100 nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ishga jalb qiladi
O‘zbekiston diplomatlari Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yeri ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerining Gelzenkirxen, Xarzevinkel va Essen shaharlarida O‘zbekiston elchixonasi tomonidan qator uchrashuvlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Germaniyadagi yirik Dachser Group logistika kompaniyasining mamlakatimizda vakolatxonasini ochish, ThyssenKrupp Uhde GmbH kompaniyasi bilan “O‘zkimyosanoat” o‘rtasida yangi turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar ATC Trade Center GmbH savdo kompaniyasi bilan hamkorlikda uchinchi davlatlarga qiymati 10 million AQSh dollariga teng mahalliy kimyo mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yish masalasini ishlab chiqish, 2024 yil mart oyida Top travel GmbH sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikda ushbu mintaqadagi 100 dan ortiq turkompaniyalari uchun mamlakatni mazkur yo‘nalishdagi salohiyatini namoyish etishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etishga kelishib oldi.
Shimoliy Reyn-Vestfaliya iqtisodiyot, sanoat, iqlimni muhofaza qilish va energetika vazirligi bilan birgalikda mintaqa kompaniyalari ehtiyojidan kelib chiqib, mamlakatdan 100 nafar mutaxassislarni jalb qilish borasida qo‘shma pilot-loyihani ishlab chiqish to‘g‘risida ham kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
16:54 / 25.12.2025