Konstantinovkadagi bozorga zarba berildi. O‘nlab kishilar halok bo‘lgan va yaralangan
Rossiya qo‘shini 6 sentabr kuni Donetsk oblastining Konstantinovka shahrini o‘qqa tutdi. Dastlabki xabarlarda rossiyalik harbiylar markaziy bozor hududiga S-300 bilan zarba berilgani aytilgan. Donetsk oblasti rahbariyati esa shaharga zarba berishda qo‘llangan qurol turini aniqlashtirish ishlari olib borilayotganini bildirgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 17 kishi halok bo‘lib, 32 kishi yaralangan, deb xabar beradi Ukraina IIV rahbari Igor Klimenko. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati vakili Tatyana Ignatchenko esa yaralanganlar soni 34 nafar ekanini aytgan. Jabrlanganlarning barchasi — tinch aholi vakillari, deya tasdiqlagan ukrain nashrlari. Ukraina bosh vaziri Denis Shmigalning aytishicha, qurbonlar orasida bir yosh bola ham bor. Shuningdek, jarohat olganlardan biri qutqaruvchi.
Prokuraturaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, zarba kelib tushgan bozor hududida 20 do‘kon, elektr uzatish liniyasi, ma’muriyat binosi va turar joy binosining beshinchi qavati shikastlangan. Atrofdagi yengil avtomobillar va sakkizta savdo obekti to‘liq yonib ketgan. Qidiruv-qutqaruv amaliyoti yakunlangan. Prokuratura urush qonunlari va urf-odatlarini buzish to‘g‘risidagi modda bo‘yicha tergov harakatlari boshlangan.
Ukrainadagi telegram-kanallar Konstantinovkaga zarba oqibatlari aks etgan foto va videolarni tarqatgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Konstantinovka bo‘ylab zarbadan keyin «rus yovuzligini imkon qadar tezroq yengish»ga chaqirdi:
«Kimdir hali ham Rossiya bilan qandaydir bog‘liqlikka ega bo‘lsa, bu reallikka ko‘z yumish demakdir. Yovuzlikning surbetligi. Pastkashlikning qo‘rsligi. Keng ko‘lamli noinsoniylik.
Ayni vaqtda rossiyalik terrorchilar artilleriyasi Donetsk oblastining Konstantinovka shahrida 16 kishini o‘ldirdi. Odatiy bozor. Do‘konlar. Dorixona. Hech narsada aybi yo‘q odamlar. Juda ko‘p yarador. Afsuski, qurbonlar va jabrlanganlar soni yanada o‘sishi mumkin. Yaqinlarini yo‘qotganlarning barchasiga hamdardlik bildiraman! Bu rus yovuzligini imkon qadar tezroq mag‘lub etish kerak».
Zelenskiy Konstantinovka bo‘ylab zarba aks etgan videoni ham e’lon qilgan.
Kramatorsk o‘qqa tutilishi rossiyaliklarning so‘nggi oylarda Ukraina hududiga yo‘llangan va bir vaqtda o‘nlab tinch aholi vakillari o‘limiga sabab bo‘lgan eng ajalvor zarbasi bo‘ldi.
Avgust oyi oxirida Rossiya armiyasi Chernihivdagi Shevchenko nomidagi musiqali drama teatri joylashgan markaziy maydoniga zarba yo‘llagandi, o‘shanda yetti kishi halok bo‘lgan, qurbonlar orasida 6 yoshli qizcha ham bo‘lgandi. O‘nlab kishilar jarohatlangandi.
Aprel oyida Umani shahridagi ko‘p qavatli uyga rossiyaliklar raketa zarbasi berilishi oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan, ularning olti nafari bolalar edi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00
-
Pokistonda kuchli yomg‘ir oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 19:58
-
Saida Mirziyoyeva Fitch O‘zbekiston kredit reytingini oshirganini e’tirof etdi
Iqtisodiyot | 19:53
-
Davlat idoralarining omma bilan normal muloqot qilish tajribasi yo‘q - media olami vakillari bilan suhbat
Jamiyat | 18:39
Mavzuga oid

19:52 / 05.06.2025
Foto: Xerson oblasti ma’muriyati binosi yakson etildi

21:20 / 22.05.2025
Konstantinovka uchun jang: nega aynan shu shahar rossiyaliklarning asosiy nishoni bo‘lishi mumkin?

20:01 / 21.05.2025
Ukrainaning Sumi oblastidagi poligoniga zarba berildi

15:26 / 24.04.2025