Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Belgorod markaziga hujum qildi, Rossiya Xarkivdagi besh qavatli uyga zarba berdi
Ukraina harbiylari bugun tongda Belgorod markazi bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi, deb xabar qildi Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov.
Hujum oqibatida uch nafar ayol jarohatlangan, ulardan ikki nafari shifoxonaga yotqizilgan, biriga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, shahar o‘qqa tutilishi oqibatida turar joy binolari va tijoriy obektlar shikastlangan. Uchta ko‘p kvartirali uyda va bitta xususiy uyda derazalar to‘kilib ketgan, yettita avtomobilga zarar yetgan.
Belgorod o‘qqa tutilishidan bir necha soat o‘tib Rossiya qo‘shini Xarkiv markaziga zarba yo‘lladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, shaharga ikkita raketa uchib kelgan.
Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilishicha, shaharning Kiyev rayonida besh qavatli uy zarba ostida qolgan. Uy to‘liq vayron bo‘lgan, voqea joyida yong‘in yuzaga kelgan. Atrofdagi uylarning derazalari to‘kilib tushgan.
Shahar meri Igor Terexovga ko‘ra, kamida 19 kishi jarohatlangan. Hozirda voqea joyida vayronalarni tozalash ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:44 / 11.02.2026
Xarkiv viloyatiga zarba: 4 kishi halok bo‘ldi
12:12 / 04.02.2026
Belgorodda - raketa zarbasidan keyin blekaut
09:00 / 03.02.2026
Rossiya Kiyev va Xarkivga raketa va dronlar bilan hujum qilmoqda
11:00 / 28.01.2026