«Otam öqituvçi edi. Bir umr halol yaşadi va boşqalarga ham şunday yaşaşni uqtirib ötdi. U men uçun ideal odam timsoli edi va nazarimda öqituvçilarning barçasi şunday edi. Biroq keyinçalik firibgarlikni öziga kasb qilib olgan bir öqituvçiga çuv tuşganimdan söng odamning olasi içida bölişiga işondim».
Fotokollaj: Kun.uzFotokollaj: Kun.uz
«Hayotiy hikoyalar» ruknida berilayotgan navbatdagi hikoya qahramoni bir paytlar tadbirkorlik qilgan oddiy jaydari odam. U bundan ança yillar avval boşidan ötkazgan hodisani aytib berar ekan, uni sizlarga havola etişga qaror qildik.
«Men öqituvçi oilasida tuğilganman. Yoşligimda ziyoli otam men uçun eng avval halollik, söng odob-axloq böyiça har tomonlama örnak bölgan.
Biron marta uning birovni sökiş, haqorat qiliş u yoqda tursin, qattiqroq gapirganini eşitmaganmiz. Katta-kiçikni, hatto öz öquvçilarini ham sizlab gapirardi.
Ulğaygaç negadir otamning yölidan ketmadim, tadbirkor böldim. Biroq öqituvçilarga bölgan hurmatim saqlanib qolaverdi. Keyinçalik muallimdan yomon odam çiqmaydi degan tuşunça tufayli ançagina pulga çuv tuşdim.
2005-yillar, poytaxtdagi bozorlardan birida savdo qilaman. Haftada bir kun ulgurji bozor böladi. Öşa kuni köplab mijozlar kelişadi va bizdan quruq meva olişadi.
Boşqa kunlarda savdo sustroq böladi va qöşnilar bilan şaxmat öynab ötiramiz. Şu paytda bozor oralab yurgan odamlar orasidan şaxmatga qiziqadiganlari öyinimizni tomoşa qiladi. Ayrimlari bizga qarşi öynaydi.
Ana şunday kunlardan birida şaxmat öynab turgan paytimizda oq köylak, qora şim kiygan, böynida böyinboği bor, bir ziyolinamo odam ham öyinimizni tomoşa qila boşladi.
Ertasi kuni öşa odam yana keldi. U bilan tanişdik, aytişiça Samarqand viloyatida tuğilgan ekan (bizga qöşni tuman nomini aytdi). Öqişni bitirib Toşkentda qolgan, uylanib bola-çaqa qilgan, Toşkentdagi institutlardan birida biologiyadan dars berarkan.
Şaxmat öyini paytida turli mavzularda suhbatlar bölar, şu jumladan kimning qança savdo qilgani ham muhokama qilinardi. Domla (men u odamni şunday deb atay boşladim) indamay quloq solardi.
Bora-bora domla oldimizga tez-tez keladigan böldi, yozgi ta’til payti edi, bunga ajablanmadik. Biroq ta’til paytida nega har kuni oq köylak va galstuk taqqan holda keladi, şunisiga tuşunmasdik.
Bu orada domla özimizning qadrdonlarday bölib ketdi. Kunlarning birida u meni mehmonga çaqirdi. Aytilgan vaqtda uyiga bordim. Domla tört qavatli uylardan birining birinçi qavatida ikki xonali uyda turarkan.
Domlaning uyiga kirib borar ekanman, uning nihoyatda kamtar yaşaşini körib hayron qoldim. Uyda oşiqça jihozning özi yöq, borlari ham ança urinib qolgandi.
Mavzuga oid
«Domla nihoyatda halol odam şekilli. Institutda qişki va yozgi sessiya paytida yoki har yili 2-3 nafar bolani öqişga kiritsa ham 3-4 söm işlab olardi. Şaroitiga qaraganda şu işlarni qilmas ekan» deb öyladim va unga bölgan hurmatim oşdi.
Oşni yeb bölgandan söng domla bilan biroz suhbatlaşib ötirdik. U mendan qişloğim, mahallam nomigaça sörab oldi. Söng özi haqida gapirdi. Biroq tuğilgan qişloği nomini aytmadi. Domlaning bir qizi va bir öğli bölib, ular maktabda öqir ekan.
«Toşkentda yaşaş osonmas. Maoşni yetkazib bölmaydi. Şu uyni ham qarz-havola qilib olganmiz. Rözğorni ham amallab turibmiz, Xudoga şukr. Hali hammasi izga tuşib ketadi», dedi domla.
Öşa paytda men unikiga mehmon bölib kelganimga ham xijolat böldim.
Şundan keyin ham domla bozorga şaxmat öyiniga kelib turdi. U şaxmatni yaxşi öynay olmas, tezda yutqazardi. Biroq xafa bölmasin deb unga navbat berardik.
Bu orada men uyga qaytdim va bir neça kun yuk tayyorlaş bilan maşğul böldim. Şunday kunlardan birida hovlida işlab turgandim, oçiq turgan darvozadan domla kirib keldi. Hayron qoldim.
«Uka, men ham qişloqqa kelgandim, sizni bir körib ketay dedim», deb u men tomonga quçoğini oçib kelaverdi. Ikkalamiz ming yillik qadrdonlarday bir-birimizni bağrimizga bosdik.
Domla öşa kuni biznikida qoldi. Ertasi kuni ertalab jönab ketdi. Domla bilan qönğiroqlaşib turdik. Oradan bir neça kun ötib men ham Toşkentga qaytdim.
Poytaxtga qaytganimning ertasi kuni domla bozorga keldi. Meni çetroqqa tortdi va yiğlab yubordi. Uning körinişi juda ayançli edi.
«Uka, boşimga oğir musibat tuşdi. Anu kuni öğlimning mazasi bölmadi, tekşirtirsam doktorlar oqqon bölgan deyişdi. Tezda pul topib davolatmasam bolamdan ayrilib qolaman. Iltimos, qarz berib turing. Qişloqda uy quraman deb olib qöygan yerim bor, öşani sotib pulingizni qaytaraman», dedi u.
Bu xabarni eşitib ğalati bölib ketdim. Domlani nima deb yupatişni bilmasdim. U menga umid bilan kelibdi, biroq öşa paytda qölimda domla sörayotgan pul yöq edi. Darhol qöşnilardan qarz oldim va domlaga berib yubordim.
Öşa paytda domlaga bergan pulimga şahar çekkasidan bir xonali uy berardi (u paytlarda Toşkentda uylar ança arzon edi). Domla pulni olgaç ança payt menga minnatdorçilik bildirib turdi va ketdi.
Şundan söng men öz işim bilan ovora böldim, bekor paytimizda şaxmat öynaşda davom etdik. Endi domla kelmasdi. Bolasi bilan ovora bölib yurgandir beçora, deb bir-ikki marta qönğiroq qildim, biroq telefoniga tuşib bölmadi.
Oradan ikki hafta ötib ketsa ham domladan boşqa darak bölmadi. Hanuz unga telefon qilib tuşib bölmasdi.
Öşa kunlarda aeroport tomonga işim tuşib qoldi. Avtobusda ketar ekanman, yelkasiga maktab sumkasini ilib olgan bola közimga taniş körindi. Bola menga yon tomondan körinayotgandi. Domlaning öğliga juda öxşarkan deb öyladim.
Bir payt bola men tomonga ögirildi. Qarasam domlaning öğli. U meni kördi-yu, birdan rangi özgardi va avtobusdan tuşiş uçun eşik tomon yurdi.
Domlaning öğlini körib hayron böldim. Domla öğlim oğir kasal, davolaşga yotqizişim kerak, degandi. Davolanib böldimikan? Keyin domla Yunusobodda turardi, öğli bu yoqda nima qilib yuribdi?
Avtobus töxtaşi bilan bola undan tuşdi va köp qavatli uylar tomon yura boşladi. Uni kuzatiş uçun men ham avtobusdan tuşdim. Bola buni kördi-yu yugurib uylar orasiga kirib ketdi. Uning izini yöqotdim.
Şundan söng xayolimga ming bir fikr keldi. Nahotki domla mendan pul oliş uçun öz bolasi haqida yolğon gapirgan bölsa?! Yöğyeye, bolam oğir kasal deb pul oliş uçun kişi vijdonini tamomila yöqotgan bölişi kerak. Domla unaqa odam emas. Bolasi davolanib, soğayib ketgan bölsa kerak. Unda öğli nega meni körib qoçib ketdi?
Öşa kuni keçki payt domlaning uyiga borib, undan hol-ahvol sörab kelişga qaror qildim. Bu haqda öziga aytmoqçi bölgandim, telefoni yana işlamadi.
Domlaning eşigini ança payt taqillatdim, biroq heç kim oçmadi. Şu payt qöşni opa çiqdi.
«Siz ham domlani qidirib keldingizmi? Beş kunça böldi, bu uyni egasiga topşirib, boşqa joyga köçib ketdi. Aeroport tarafdan boşqa kvartirani ijaraga oldim, deganday böluvdi. Mabodo siz ham unga pul berib çuv tuşganlardan emasmisiz? Sönggi kunlarda bir qança odam qidirib keldi, domla ularni aldab, pul olgan ekan, endi qoçib yurganmiş», dedi.
Opaning gaplarini eşitib, karaxt bölib qoldim. Kişi bir narsaga juda qattiq işonib yurganida öşa narsa sarob bölib çiqsa qanday ahvolga tuşadi. Men ham şunday holga tuşdim.
Nahotki domla meni çuv tuşiriş uçun öz bolasini oğir kasalga çiqargan bölsa? Öylab öyimga yetolmasdim. Öşanda domlaga bergan pulimga kuyişim mumkinligi emas, işonib yurgan odamim, buning ustiga juda hurmatli bölgan öqituvçining firibgar bölib çiqişi menga köproq ta’sir qilgandi.
Qiziği, domla menga öxşagan soddalarni töxtovsiz çuv tuşirayotgan bölsa, pullarni nima qilayotgan ekan? Birgina mendan olgan pulga oilasi bilan bemalol bir yil yaşasa bölardi. Boşqalardan nega pul olgan? Öylab öyimga yetolmasdim.
Qöşni opadan «Özini öqituvçi deb taniştirgandi, rostdan öqituvçimi yoki bunda ham aldaganmi?» deb sörasam, «Rostdan öqituvçi, falon institutda işlaydi», dedi.
Öşa kuni tuni bilan uxlolmay çiqdim. Nahotki öqituvçi firibgar böla olsa?! Mening ölçovim böyiça bu mumkin emasdi. Özi xalqqa ilm va ma’rifat tarqatadigan odam firibgar bölişi mumkinmas deb öylardim.
Şunday bölib çiqyaptimi, demak zamon özgaribdi. Yöq, zamon joyida turibdi, odamlar özgaribdi va ular uçun muqaddas narsa qolmabdi.
Ertasi kuni institutga domlani qidirib bordim, biroq topolmadim. Hamkasblarining aytişiça, ançadan buyon işga kelmaydi. Rahbariyat uni işdan böşatiş masalasini muhokama qiliş arafasida turibdi.
Şunça sörasam ham institutdagilar domla doimiy röyxatdan ötgan uyning manzilini berişmadi. Berişganda ham u yerdan topolmasligim aniq edi.
Bir neça kundan söng qöşni opaning «Domla aeroport tarafga köçdi» degan gapi esimga tuşdi. Öğlini öşa taraflarda körib qolganim bejizga emas ekan-da. Uni qidirib, yana yölga tuşdim.
Öşa kuni domlaning öğli qoçib ketgan joyga bordim. Atrof töla köp qavatli uy, ulardan domlaning yangi manzilini topib bölmasdi. Şundan söng mahalla idorasiga bordim. Balki domla haqida ularda ma’lumot bordir.
Mahalla raisi kimni qidirib yurganimni eşitdi va boşini çayqadi. Söng bepul maslahat berdi:
«Sönggi kunlarda uni qidirib kelgan beşinçi odam böldingiz. Hamma unga pul berganini, domla esa qoçib yurganini aytyapti. Domla bu yerga köçib kelib bir oy ham yaşamadi. Uç kun avval köçib ketdi. Qayerga ketganini esa bilmayman. Sizga maslahatim – içki işlar xodimlariga murojaat qiling».
Şundan söng hafsalam pir böldi va domlani qidirişni töxtatdim. Töğrisi uni qayerdan qidirişni ham bilmasdim. Barçasini Xudoga soldim va işim bilan ketaverdim.
Öşandan keyin ham Toşkentda ança yil yurdim, bozorda savdo qildim. Biroq domla haqida boşqa xabar eşitmadim. Uning öziga yoki bolalariga közim tuşmadi.
Sutdan oğzi kuygan qatiqni ham puflab içadi, deganlari rost ekan. Domlaga çuv tuşgandan söng begona odamlar bilan ehtiyot bölib muomala qiladigan böldim.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi