Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon domla Ortiqxöjayev 15 sutkaga qamaldi.
Toşkent şahar sudining Kun.uz'ga ma’lumot berişiça, Solixon Ortiqxöjayev Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan.
2022 yil boşida Toşkent viloyati Zangiota tumani «Fath» jome masjidida imom noibi vazifasida işlab kelgan Solixon Ortiqxöjayev işdan böşatilgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan uşbu imom noibining internet tarmoqlaridagi keskin çiqişlari fuqarolar, ayniqsa, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvçilarning e’tirozlariga sabab bölgani qayd etilgan.










