Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning BAAdan importi nimalarni o‘z ichiga olishi ma’lum qilindi
Markaziy Osiyoda hamkorlikning yangi formati – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi tashkil etilgan bo‘lib, u neft qazib oluvchi olti arab davlatlari – Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon va Saudiya Arabistonini birlashtirdi.
2022 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy statistika idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqa davlatlarining Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi (Turkmaniston bo‘yicha ma’lumotlar hisobga olinmaganda) 1511,2 mln dollarni tashkil etdi. Bunda, eksport - 820,6 mln dollar, import - 690,7 mln dollar.
2017-2022 yillar davrida O‘zbekistonning Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 4,6 baravar – 149,4 mln dollardan 680,7 mln dollarga, eksport 2,7 baravar – 48,4 mln dollardan 130,1 mln dollarga, import 5,5 baravar – 101 mln dollardan 550,6 mln dollarga oshdi.
O‘zbekistonning BAAdan importi quyidagilarni o‘z ichiga oldi:
elektronika, jumladan, elektron ma’lumot tashuvchilar – 72 mln dollar,
kompyuterlar va ularning bloklari – 34 mln dollar,
polimerlar – 22 mln dollar,
maishiy texnika va boshqa tayyor sanoat mahsulotlari, shuningdek, xizmatlar – 47 mln dollar.
2017 yildan buyon O‘zbekistonda Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi mamlakatlari kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni qariyb 3 baravar oshdi. Ayni paytda ularning soni 292 ta.
So‘nggi 6 yilda Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi mamlakatlaridan jalb qilingan investitsiyalar va kreditlar hajmi 2016 yildagi 40,1 mln dollardan 2022 yilda 695,6 mln dollargacha o‘sdi, shundan 531,7 mln dollari to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.
Mavzuga oid
08:48 / 20.06.2026
Qumga boy Saudiya nega qum import qilmoqda?
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026