Jahon | 21:30 / 09.09.2023
37731
3 daqiqa o‘qiladi

«Qizil shahar» quladi. Marokashdagi zilzila oqibatlari suratlarda

Marokashning markaziy qismidagi Yuqori Atlas tog‘lari hududida 9 sentabrga o‘tar kechasi 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berib, olti provinsiyaga zarar yetkazdi.

REUTERS/Abdelhak Balhaki
REUTERS/Abdelhak Balhaki
Amizmiz va Uirgen oralig‘idagi hududda qulagan uy. REUTERS/Ahmed El Jechtimi
REUTERS/Abdelhak Balhaki

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, ikki mingdan ortiq kishi yaralangan. Zilzila epimarkaziga eng yaqin joylashgan Marrakish shahrida turar joy binolari va boshqa binolar qulagan. Ularning bir qismi YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Eski shahar hududida joylashgandi.

Barrima masjidi minorasi vayron bo‘ldi. Marrakishdagi eng yirik va eng ko‘hna masjid bo‘lgan Al-Qutubiya masjidi ham qisman shikastlangan. Foto: REUTERS
Marrakishning tarixiy qismi (Madina) 1985 yilda YuNeSKO Butunjahon merosi obektlari ro‘yxatiga kiritilgan. Uni somonli loydan qurilgan binolarning qizg‘ish tusi tufayli «qizil shahar» deb ham atashgan. Hozircha shaharning qancha qismi butunlay yo‘q bo‘lgani aniq emas, ammo tarixchilar har qanday zararning o‘rnini qoplab bo‘lmasligini aytishmoqda. Marrakishga taxminan 1060 yilda asos solingandi. Foto: AFP
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Marrakishning Eski shahar qismidagi vayrongarchilik
Abdelhak Balhaki / Reuters / Scanpix / LETA
Eski shahar aholisi xarobalar oralab o‘z uylarini tark etish jarayoni
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Marrakishning Eski shahar hududida qulab tushgan bino
AFP / Scanpix / LETA
Rasmiylarga ko‘ra, Al-Xauz, Uarzazat, Azilal, Chichaua va Tarudant shaharlarida ham vayrongarchiliklar kuzatilgan. Bu hududlarda ham o‘nlab jasadlar topilgan. Ko‘plab oilalar hamon o‘zlarining chekka hududlardagi qarindoshlarining taqdiridan bexabar. Foto: AFP
Marrakishlik ayol o‘zining vayron bo‘lgan uyi oldida yig‘lamoqda
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Jalal Morchidi / EPA / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar Al-Xauz provinsiyasida Mulay Braxim shahrida xarobalar ostidan omon qolganlarni qidirmoqda
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Abdelhak Balhaki / Reuters / Scanpix / LETA
Abdelhak Balhaki / Reuters / Scanpix / LETA
Mulay Braximdagi masjidning shikastlangan minorasi
Mosa ab Elshamy / AP / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar zilzila vaqtida ustiga binolar qulab tushgan avtomobillar ichidan ham bir necha jasad topishgan

Marrakish aholisi zilziladan keyin shahardagi maydonlardan birida
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Fadel Senna / AFP / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid