Iqtisodiyot | 21:19 / 11.09.2023
16879
1 daqiqa o‘qiladi

Gaz va “svet” uchun subsidiyani kimga berish kerak?

Kun.uz multfilm

O‘zbekistonda kelasi yil yozga yaqin aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berishda ijtimoiy norma belgilanishi va tabaqalashgan tariflarga o‘tilishi kutilyapti. Bunda energoresurslarni ko‘pchilik qatori (ijtimoiy norma doirasida) ishlatganlar arzon tarifda to‘lashda davom etadi, ko‘p energiya ishlatadigan o‘ziga to‘q qatlam esa qimmatroq to‘laydi, chunki ularning davlat budjetidan subsidiya olishi – ijtimoiy adolatsizlikdir.

Kun.uz bir muddat avval shu mavzuda tayyorlagan multfilmini mavzu aktuallashishi asnosida takroran e’lon qilmoqda.

Mavzuga oid