Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Road to Relief humanitar tashkiloti ko‘ngillilari halok bo‘ldi
Baxmutga ketayotganda ko‘ngillilar bo‘lgan mashina o‘qqa tutilgan. Ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohatlar bilan kasalxonada.
Donetsk viloyatida Road to Relief humanitar tashkiloti ko‘ngillilari Rossiya tomonidan o‘qqa tutildi, natijada ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Road to Relief 10 sentabr, yakshanba kuni Instagram’da.
Ko‘ngillilar 10 sentabr kuni ertalab Slavyanskdan Baxmut tomon yo‘l olgan. Mashinada to‘rt kishi bo‘lgan. «Ular Chasov Yar orqali ketayotganda, mashinaga hujum qilindi. To‘g‘ridan to‘g‘ri nishonga olish natijasida mashina ag‘darilib, yonib ketdi», - deyiladi tashkilot xabarida.
Natijada kanadalik ko‘ngilli Entoni Ignat va ispaniyalik ko‘ngilli Emma Igual vafot etdi. Uning o‘limini Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares tasdiqladi, deb yozadi El Mundo gazetasi. Germaniya va Shvetsiyadan kelgan ko‘ngillilar Ruben Mavic va Yoxan Matias Tir og‘ir jarohatlar oldi. Ular hozir kasalxonada.
Road to Relief 2022 yil mart oyida Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlari boshlanganidan ko‘p o‘tmay tashkil etilgan. Ko‘ngillilar front chizig‘ida joylashgan Ukraina aholi punktlari aholisiga humanitar yordam ko‘rsatish va odamlarni jangovar zonadan evakuatsiya qilish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026