Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi tasdiqlandi.
Strategiyaning “Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash” yo‘nalishiga quyidagi rejalar kiritilgan:
- yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish;
- konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini 2024 yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foizdan va kelgusi yillarda 3 foizdan past bo‘lgan miqdorda bo‘lishini ta’minlash;
- yuqori daromadli mahsulot uchun zarur bo‘lgan mis ishlab chiqarishni 3,5 barobar, oltin – 1,5 barobar, kumush – 3 barobar, uran – 3 barobar oshirish;
- avtomobilsozlik sohasida raqobat muhitini yaratish va ishlab chiqarish hajmini 1 million donaga yetkazish;
- tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida bino berish mexanizmlarini nazarda tutuvchi sanoat ipotekasi tizimini joriy etish;
- farmatsevtika sohasida dori vositalariga ehtiyojni 70 foizga ichki ishlab chiqaruvchilar hisobiga qoplash;
- charm-poyabzal sanoatiga 30 dan ortiq nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilish hisobiga qo‘shilgan qiymatni 5 barobarga oshirish;
- 250 milliard dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish, jumladan 110 milliard dollar xorijiy investitsiyalar va 30 milliard dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish;
- banklarni xususiylashtirish va davlat ixtiyorida 3-4 ta bankni saqlab qolish, bank bozoriga kamida 4 ta yirik nufuzli chet el banklarini jalb qilish;
- kamida 3 ta tijorat banklarida islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish, islom moliyasining qonuniy asoslarini shakllantirish;
- qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 25 ming MW hamda jami iste’moldagi ulushini 40 foizga yetkazish;
- ko‘p qavatli uy-joylardagi xonadonlarning energiya samaradorligi (energoaudit)ni baholash tizimini joriy etish;
- shaharlarda jamoat transportini ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazish;
- iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyoji uchun yetkazib beriladigan elektr energiya miqdorini 120 milliard kWh'ga yetkazish;
- tabiiy gaz qazib olish hajmini 62 milliard kub metrga yetkazish;
- aviaqatnovlar sonini 4 barobarga oshirish;
- 56 ming kilometr yo‘llarni qurish va ta’mirlash;
- Toshkent – Samarqand va Toshkent – Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil yo‘llarini qurish;
















