IV Toşkent xalqaro investitsiya forumining yalpi sessiyasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.

Davlat rahbari öz sözida forum iştirokçilari e’tiborini Özbekistondagi mineral resurslar zaxirasiga qaratdi.

“Törtinçi sanoat inqilobi texnologik minerallarga talabni bir neça karra köpaytirmoqda. Özbekistonda volfram, molibden, magniy, litiy, grafit, vannadiy, titan va boşqa minerallarning katta zaxiralari aniqlangan. Umuman, yerosti boyliklarimizning salohiyati 3 trillion dollarga baholanmoqda.

Mintaqamizning minerallardan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş habiga aylanişi uçun barça imkoniyatlarimiz mavjud. Bu borada Toşkent va Samarqand viloyatlarida kelajak metallari texnoparkini bunyod etmoqdamiz.

Şu örinda bir taşabbusni ilgari surmoqçiman. Bu, albatta, kompaniyalarga, bugun kelgan mehmonlarimizga juda qiziqarli böladi. Bu sohada geologiya-qidiruv işlaridan boşlab, tayyor mahsulot zanjirini yölga qöygan investorlarga 10 yil davomida renta soliği qaytarib beriladi. Işonçim komil, sizlar bilan uzoq muddatli samarali aloqalarimiz aytib ötilgan barça yönalişlarda özaro manfaatli biznes hamkorlikka aylanadi”, – dedi davlat rahbari.