Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025 yilning 1-yarim yilligi uçun Özbekistonda YaIM ösişini 6,7 foiz darajasida prognoz qilmoqda
Özbekiston yalpi içki mahsulotining (YaIM) joriy darajasi prognozi ilğor tahlil usullari va xalqaro tajribani örganişga asoslangan. Markaz iqtisodiy körsatkiçlarni prognoz qiliş uçun iqtisodiyotdagi özgarişlarga tez javob beriş va kelajakdagi tendensiyalarni başorat qiliş imkonini beruvçi keng qamrovli ma’lumotlarni tahlil qilişga asoslangan noukasting usulidan foydalanadi.
Joriy yilning birinçi yarmida Özbekiston iqtisodiyoti doimiy taşqi xavf-xatarlar fonida barqaror va muvozanatli ösişni namoyiş etmoqda. Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, yanvar-mart oylarida mamlakat YaIM 6,8 foizga ösdi. Asosiy rivojlaniş drayverlari sifatida xizmatlar sohasi, sanoat va quriliş sanoati qayd etildi.
Bozor xizmatlari 12,6 foizga, quriliş işlari hajmi 10,8 foizga, çakana savdo aylanmasi 9,5 foizga, sanoat mahsulotlari işlab çiqariş 6,5 foizga oşdi, aholining umumiy daromadlari esa 9,8 foizga ösdi.
Yanvar-aprel oylarida taşqi iqtisodiy faollikda ham ösiş kuzatildi: taşqi savdo aylanmasi 24,6 mlrd dollarga yetdi (ösiş 16,3 foiz), eksport hajmi esa 35,1 foizga ösdi va 11,9 milliard dollarni taşkil etdi, import esa 2,9 foizga ösdi. Taşqi savdo balansining manfiy saldosi –846 mln dollargaça qisqardi (ötgan yilning şu davrida –3,6 mlrd dollar edi).
Joriy yilning aprel oyida markaz tomonidan baholangan Işbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 1099 birlikni taşkil etdi, bu mart oyiga nisbatan 9,9 foizga hamda 2024 yilning aprel oyiga nisbatan 22,3 foizga sezilarli oşgan.
Joriy makroiqtisodiy körsatkiçlar, yuqori investitsion va taşqi savdo faolligini hisobga olgan holda, markaz joriy yilning 1-yarim yilligi yakunida Özbekistonda YaIM ösişini 6,7 foiz darajasida prognoz qilmoqda. Iqtisodiy ösişning prognoz qilingan diapazoni 6,5 foizdan 6,8 foizgaça.
Ösişning asosiy manbalari quyidagilardan iborat böladi: sanoat va xizmatlar sohasini kengaytiriş, investitsiyalar hajmini oşiriş, şu jumladan, joriy yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga özlaştirilgan investitsiyalar hajmi 120 trln sömdan ziyodni taşkil etdi, aholining real daromadlari va iste’mol talabining ösişi, şuningdek, infratuzilmani takomillaştiriş va hududlararo integratsiyani rivojlantiriş.
Qöşimça ravişda, rasmiy çoraklik ma’lumotlar e’lon qilinguniga qadar YaIM darajasini baholaş va prognozlaş maqsadida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ilğor tahlil usullaridan foydalangan holda tahlil olib bordi. Google’dagi qidiruv sörovlari ma’lumotlariga tayanilgan holda, joriy yilning yanvar-aprel oylarida “biznes va sanoat” yönalişida (+4,1 foiz), “xaridlar” böyiça (+7,6 foiz) hamda “moliya” sohasida (+3,7 foiz) qiziqişning ortişi kuzatildi. Bu esa bilvosita mamlakatda biznes faolligi va iste’molçilar faolligining ortib borayotganini körsatadi.

















