DXX qariyb 15,5 kg giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
Hozirda holatlar yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining joylardagi tergov bo‘limlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qariyb 15,5 kg giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.
Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Tojikistonning So‘g‘d viloyati Panjikent tumanida yashovchi Tojikiston fuqarosi Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yashovchi 2 nafar tanishi bilan o‘zaro til biriktirib, Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan 9 kg 530 gr “opiy” moddasini 55 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ushlandi.
DXX xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda Zomin tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 3 nafar Tojikiston fuqarolari ushlanib, ulardan 2 kg 986 gr. «gashish» moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Tezkor tadbir davom ettirilib, ularni Dashtobod shaharchasidagi umumiy ovqatlanish maskanida kutib turgan yana bir Tojikiston fuqarosi ushlandi. Aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositasi ham Tojikistondan olib kelingan.
DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro-Qashqadaryo yo‘nalishida harakatlanayotgan, Buxoro shahrida yashovchi shaxs boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomashina Muborak tumanidagi «Shirinbuloq» YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Avtomashinada u bilan birga kelayotgan hamshaharining yonida 973 gr «geroin» moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida, Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi dala maydoniga 1 kg 968 gr «geroin» moddasi ko‘mib qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu giyohvandlik vositasi ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining joylardagi tergov bo‘limlari tomonidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
14:55 / 15.11.2024
DXX raisi O‘zbekistondagi muhim axborot infratuzilmalarini toifalashga doir buyruq chiqardi
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
16:46 / 09.11.2024